• 1.3. Qurilish gipsining fizik-texnik tavsiflari va xossalari
  • Ципранович И




    Download 16,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/198
    Sana14.12.2023
    Hajmi16,58 Mb.
    #118740
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   198
    Bog'liq
    кнауф материаллари
    Kirish, Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uning bugungi kundagi zaru
    Test topshiriqlari 
     
    To`g`ri
    javobni
    tanlang : 
    1. Past kuydirilgan bog`lovchilarga qaraydi: 
    a) qurilish gipsi; b) estrix-gips. 
    2. Qurilish gipsini tayyorlash texnologiyasi uni suv bilan to`yintirishni o`z ichiga 
    oladimi? 
    3. Gipsni uydirish uchun aylanadigan pech mo`qammal agregat bo`lib 
    hisoblanadimi? 
    4. Quyma gips quyidagi hollarda ishlatiladi: 
    a) suvoqlash; b) qoliplarni tayyorlash uchun. 
    5. Angidrit sementning olish harorati: 
    a) 200 ºS; b) 700 ºS …900 ºS; v) 1500 ºS. 
    6. Gips-bu material: 
    a) yonmaydigan va o`tga chidamlik; b) yonadigan va o`tga chidamaydigan; v)
    yonmaydigan va utga chidamaydigan. 
    7. Gipsda insonga zararli komponentlar mavjudmi? 
    8. Gipsdan devor elementlari ishlab chiqariladimi? 
    9. Gipsdan shuvoq aralashmalari ishlab chiqariladimi? 
    10.Gipsdan arxitektura-dekorativ detallari ishlab chiqariladimi? 
    11.Gipsnig qotishi quyidagi sharoitda o`tadi: 
    a) suvning parlanishi hisobidan; b) kolloid qorishmaning kristallashidan:
    12. Gips hisoblanadi: 
    a) yaxshi elektr o`tkazuvchi: b) dielektrik: v) yarimo`tkazuvchi. 
    1.3. Qurilish gipsining fizik-texnik tavsiflari va xossalari 
     
    Qurilish gipsi yarimsuvli gipsning oq kuquni ko`rinishida bo`lib, ikkisuvli 
    gips toshini tortish va 150…170 º S haroratda termik ishlov berish yo`li bilan 
    olingan. Qurilish gipsi asosan β- modifikatsiyali kristallardan CaSO4•0,5H2O 
    tashqil topgan, shuning bilan birga, tarkibida ma’lum miqdorda angidrit (SaSO4) 
    va parchalanmagan xom ashyoning bo`laklari mavjud (CaSO4•2H2O) . 
    Qotish muddati bo`yicha gips bog`lovchilari uch guruhga bo`linadi: A – tez 
    qotadigan (2…15 min.), B – normal holda qotadigan (6…30 min.) va V – sekin 
    qotadigan (qotishning boshlanishi kamida 20 minutdan keyin). Qavs ichida 
    qotishning boshlanishi va oxiri ko`rsatilgan. 
    Gips sifati bo`yicha uchta navga bo`linadi (I, II va III). U 1.1.-jadvalda 
    ko`rsatilgan talablarga javob berishi kerak, chunki bu talablar uning asosiy fizik-
    texnik tavsiflarini ko`rsatadi.


    Qurilish gipsining xossalari qo`shiladigan suv miqdoriga va tortish mayinligiga 
    bog`lik. Gipsni tayyorlashda qo`shiladigan suv miqdorini, kimyoviy reaktsiyaga 
    ketadigan miqdordan, doim ko`proq olinadi. Qurilish gipsi qotishi tez 
    boshlanadigan va tez qotadigan bog`lovchi modda hisoblanadi. Gipsning qotish 
    muddati (boshlanishi 4 minutdan oldin emas, tugashi 30 minutdan kech emas)
    xom ashyoning xossasiga , saqllanish muddatiga, qo`shilmalarning mavjudligiga 
    va boshqa faktorlarga bog`lik. Yarim suvli gipsning tezlashtirilgan gidratatsiyasini 
    uning tarkibida mavjud bo`lgan parchalanmagan digidrat zarrachalari keltirib 
    chiqaradi; kam suv qo`shilganda gipsning qotishi tezlashadi va teskarisi. Gips 
    qorishmasining haroratini 40…45 ºS ga ko`paytirganda, qotish tezligi oshadi, 
    haroratni yuqoridagi ko`rsatgichdan oshirganda esa sekinlashadi. Gips 
    qorishmasining qotishini sekinlashtirish uchun o`nga keratinlik va oxakli yyelim 
    sekinlashtirgichlar hamda massasidan 0,1…0,3 % sul`fat-achitki bardasini 
    qo`shish maqsadga muvoffiqdir. 
    Gips qotishini tezlashtiruvchilar bo`lib, sul`fatlar (temir sul`fatidan tashqari), 
    kislotalar (oltingugurt, tuzli, azotli), suyuq shishalar hisoblanadi.
    Gips buyumlari nam joylarda saqlansa 60%gacha mustahkamligini yuqotadi 
    (5). Shuning uchun odatda gipsdan quruq joylarda ishlatiladigan detallarni 
    tayorlash uchun foydalaniladi. Unchalik suvga nisbatan turg`un bo`lmaslik gips 
    bo`yumlarining G`ovaklik darajasining ko`pligi va suvga erishi bilan izohlash 
    mumkin. 
    Quriliish gipsining suvga nisbatan turg`unligini oshirish quyidagi usullar bilan 
    amalga oshirish mumkin: 
    1) suvga yuvilish, suvga erishini kamaytirish bilan, suv o`tkazmasligini 
    oshirish bilan; 
    2) gips qorishmasi tarkibiga mineral va organiq zichlovchi-to`ldiruvchilarni 
    qo`shish bilan; 
    3) bo`yumlar satxiga suv o`tkazmaydigan va suvga turg`un mineral va 
    organiq qoplamalarni (suvoq) surtish yo`li bilan va ularni birga qo`llash 
    natijasida; 
    4) mineral va organiq subkliklarni singdirish yo`li bilan; 
    5) gips qorishmasi tarkibiga zichlagichlarni qo`shish va bo`yumlarni yuzasiga 
    suv o`tkazmaydigan va suvga turg`un mineral va organiq qoplamalarni 
    surtish bilan (suvoq); 


    1.1-jadval 

    Download 16,58 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   198




    Download 16,58 Mb.
    Pdf ko'rish