• 2. Qisqa nazariy ma’lumotlar 2.1.
  • Cisco packet tracer dasturida wan tarmoqlarini loyihalash. Statik va dinamik marshrutlash




    Download 314,23 Kb.
    bet1/5
    Sana29.11.2023
    Hajmi314,23 Kb.
    #108023
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1700555675 (1)


    Лаборатория иши – 5
    CISCO PACKET TRACER DASTURIDA WAN TARMOQLARINI LOYIHALASH. STATIK VA DINAMIK MARSHRUTLASH
    1. Ishning maqsadi
    Ushbu laboratoriya ishi quyidagilar uchun mo’lallangan:
    - Ma’lumot uzatish tarmoqlarida WAN tarmoqlarni qurish va statik marshrutizatsiyani sozlashni o’rganish.
    - EIGRP masofa-vektor marshrutizatsiya protokolini sozlashni o’rganish.
    - OSPFv3 dinamik marshrutizatsiya protokolini sozlashni o’rganish.
    2. Qisqa nazariy ma’lumotlar
    2.1. Statik marshrutizatsiya hozirgi kunda maxsus maqsadlarda qo’llanilmoqda. Statik va dinamik marshrutizatsiya ko’pincha birgalikda ishlatiladi.
    Statik marshrutizatsiya quyidagi vaziyatlarda ishlatiladi:

    • kelgusida kengaytirish kutilmaydigan kichik tarmoqlarda, marshrutizatsiya jadvalini qulay sozlash uchun;

    • berk tarmoqni marshrutizatsiyasini ta’minlash uchun (berk tarmoq boshqa uzoqdagi tarmoqlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lmaydi);

    • bitta marshrutni doimiy ishlatishda (marshrutizatsiya jadvalidagi boshqa marshrutlarga to’g’ri kelmaydigan ixtiyoriy tarmoqqa yo’lni ko’rsatish uchun).

    Statik marshrutizatsiya kichik tarmoqda ishlashda qiyinchiliklarga olib kelmaydi. Statik marshrutlar yangilanish to’g’risidagi xabarlarni jo’natmaydi va katta hisoblash resurslarini talab qilmaydi.
    Statik marshrutizatsiyani kamchiliklari:

    • statik marshrutizatsiyani katta tarmoqlarda ishlatish qiyinchiliklarga olib keladi;

    • statik marshrutlarni boshqarishni sozlash ko’p vaqt talab qiladi;

    • kanalda uzulish bo’lganda statik marshrut trafikni qayta marshrutlashni amalga oshirmaydi.



    2.2. Cisco Systems kompaniyasining EIGRP protokoli IGRP protokolining dastlabki versiyasining takomillashtirilgan ko’rinishi hisoblaniladi.
    Protokol gibrid hisoblanadi va Diffusing-Update Algorithm (DUAL) algoritmiga asoslangan. U oraliq-vektorli va aloqa kanali holati bo’yicha protokollarning eng yaxshi jihatlarini o’zida nomayon qiladi.
    EIGRP ning oxirgi versiyasi marshrutizatsiya jadvali elementlarini buzg’unchilar yozib olishga imkon bermaydigan va MD5 kaliti asosida autentifikatsiyalaydigan himoyalash vositasiga ega.
    Bundan tashqari, bugungi kunda EIGRP uchun IPv6 qo’llab quvvatlaydigan vositalar ishlab chiqilmoqda. EIGRP ning asosiy kamchiligi yopiq hisoblanishi va faqat Cisco Systems qurilmalarida ishlashidir.
    EIGRP protokoli 5 xil paket turidan foydalaniladi.

    • Salomlashish (hello) paketi. Qo’shni marshrutizatorlarni aniqlash va qo’shni marshrutizatorlar bilan bo’g’lanish munosabatlarini qo’llab quvvatlash uchun ishlatiladi.

    • Yangilash paketlari. Mashrut to’g’risidagi maʼlumotlar qo’shni EIGRP qurilmalariga yuboriladi.

    • Tasdiqlash paketlari. Ishonchli yetkazib berish yordamida yuborilgan EIGRP xabari olinganligini tasdiqlashda ishlatiladi.

    • So’rov paketlari. Qo’shni qurilmalardan marshrutlarni so’rashda ishlatiladi.

    • Javob paketlari. EIGRP so’roviga javob yuboriladi.



    2.3. OSPF (Open Shortest Path First) 3 versiyasi (OSPFv3) IPv6 uchun ishlab chiqarilgan. OSPF protokolining xususiyatlari:

    • sinfsizlik – protokol sinfsiz ishlab chiqilgan. Shuningdek u VLSM ni ishlatish va CIDR marshrutizatsiyasida ishlaydi;

    • samaradorlik – marshrutda o’zgarish bo’lsa, marshrutizatsiyani yangilash (doimiy bo’lmagan yangilanish)ni ishga tushiradi. Protokol optimal yo’lni tanlash uchun SPF qisqa yo’lni izlash algoritmini ishlatadi;

    • marshrutizatsiya jadvalida tez bir xillikka erishish- tarmoq o’zgarganligini tez translyasiya qilish;

    • masshtablik – kichik va katta tarmoqqa ishlatishga mo’ljallangan. Ierarxik tuzilishni qo’llab quvvatlash uchun marshrutizatorni bitta maydon (area) ga guruhlash mumkin;

    • xavfsizlik – MD 5 Message Digest autentifikatsiyasini qo’llab quvvatlaydi. Agar bu funksiya yoqilgan bo’lsa, OSPF marshrutizatorlari oldindan berilgan bir xil parolli teng huquqli tugundan marshrutizatsiyaning faqat shifrlangan xabarlarini qabul qiladi.

    Administrativ distansiyasi (AD) – marshrut manbasining ishonchlilik qiymatini ko’rsatadi. OSPF protokolining AD si 110 ga teng.
    OSPF protokoli 3 ta ma’lumotlar bazasini yaratadi va xizmat ko’rsatadi:

    • qo’shni qurilmalar to’g’risida ma’lumotlar bazasi – qo’shni qurilmalarning jadvalini yaratadi;

    • kanal xolati to’g’risida ma’lumotlar bazasi (LSDB) – topologiya to’g’risida jadval yaratadi;

    • jo’natmalar ma’lumotlar bazasi – marshrutizatsiya jadvalini yaratadi.

    OSPFv3 versiyasida LSA xabarining 2 turi kiritilgan. 8 tipdagi LSA xabari lokal tarmoqda ko’chkili jo’natish uchun foydalaniladi. 9 tipida LSA chegara marshrutizator hududida shakllantiriladi.

    Download 314,23 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 314,23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Cisco packet tracer dasturida wan tarmoqlarini loyihalash. Statik va dinamik marshrutlash

    Download 314,23 Kb.