|
Cover ict stb indd Pdf ko'rish
|
bet | 106/112 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 38,32 Mb. | | #102461 |
Bog'liq 7-sinf Informatika kitobi Cambridge Uzliksiz ta’lim
ing
Life-long learning
Insonning o‘z hayoti davomida doimiy, ixtiyoriy va o‘z xohishi
bilan shaxsiy yoki kasbiy sabablarga ko‘ra bilimga intilishi. Bu
doimiy ravishda mustaqil tarzda o‘zini rivojlantirish.
Satrlar oralig‘i
ing
Line space
Har bir satr orasidagi bo‘shliq. Matn bilan ishlash dasturlarida
“1 satr”, “1,5 satr” kabi jumlalardan foydalanilganda, ikki satr
orasiga yana necha baravar satr sig‘adigan bo‘shliq qolishi
tushuniladi.
Ro‘yxat
ing
List
Bir-biriga bog‘liq yoki o‘zaro bog‘langan elementlar ketma-
ketligi.
Lokal saqlash
ing
Local storage
Fayl va ma’lumotlarni kompyuterning diskida saqlash.
Hoshiya
ing
Margin
Hujjat matni va varaq cheti orasidagi bo‘shliq. Odatda,
standart matnli hujjatni A4 varag‘ida chop etish uchun
hoshiyalar quyidagicha belgilanadi. Tepa, past, chap
hoshiyalar - 20 mm, o‘ng hoshiya - 10 mm.
Savdo jozibadorligi
ing
Marketability
Mahsulot va xizmatlar mijozlarni jalb qila olishi va reklama
qilinishiga tayyorligi.
Ommaviy axborot manbai
ing
Media source
bu keng, jamoatchilik auditoriyasi bilan aloqa qilish uchun
xizmat qiladigan har qanday manba. Masalan, televideniye,
radio, yangilik saytlari va b.
Media taktika
ing
Media tactics
Turli ommaviy axborot vositalaridan ustalik bilan foydalangan
holda biror mahsulot, xizmat yoki g‘oyani ommaga olib
chiqish va moddiy foyda olish.
Surish / Olib o‘tish vositasi
ing
Move tool
Hujjatdagi ma’lum shakl, tasvir yoki kontentni bir joydan
ikkinchi joyga surish uchun foydalaniladigan vosita.
|
| |