|
Cover ict stb indd Pdf ko'rish
|
bet | 110/112 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 38,32 Mb. | | #102461 |
Bog'liq 7-sinf Informatika kitobi Cambridge Tab, Bet
ing
Tab
Aksariyat sozlamalar oynasi yoki muloqot oynasi bir necha
tablarga bo‘lingan bo‘lishi mumkin. Tablar oynaning yuqori
yoki pastki qismida “tortmachalar” ko ‘rinishida aks ettirilgan
va ochilganda oyna doirasida boshqa betni ko‘rsatadi.
Jadval
ing
Table
Matn yoki boshqa elementlarni tik (vertikal) va yotiq
(gorizontal) chiziqlar bilan ajratgan maydonlar.
Teglar
ing
Tags
1. Axborot tizimlarida (veb-sayt, ijtimoiy tarmoq, ma’lumotlar
bazasi va h.k.) teglar maxsus kalit so‘zlar rolini o‘ynaydi.
Bu so‘zlar tegishli ma’lumotga tavsif so‘z sifatida biriktirib
qo‘yiladi va kelajakda uni qidirib topishni osonlashtiradi;
2. Veb-saytlarni dasturlashda teglar matn yoki boshqa
elementlar xossasini belgilaydi. Matn va boshqa element
ma’lum teg “ichida” joylashgan bo‘lishi lozim, ya’ni
element oldidan teg “ochiladi” va undan so‘ng “yopiladi”.
Misol uchun, matnni qalin ko‘rinishga keltirish uchun
Bu qalin matn.
Matn stili
ing
Text style
Matn bilan ishlash dasturida hujjatning turli qismida
foydalaniladigan matn formati uchun turli xil formatlar
yig‘indisi, ya’ni uslubini belgilab qo‘yish mumkin. Shu
yo‘sinda, bir necha matn xossalarini (shrift o‘lchami, satrlar
oralig‘i, qalin yoki qiyaligi va h.k.) bir uslubga saqlab qo‘yilsa,
zaruriy vaqtda tezgina matnga qo‘llash mumkin bo‘ladi.
Matnni sig‘dirish
ing
Text wrapping
Matnni ma’lum obyekt yoki oyna ichiga sig‘dirib
joylashtirish. Bunda so‘zlar avtomatik ravishda keyingi
qatorga olib o‘tiladi.
O‘g‘rilik
ing
Theft
Shaxsga tegishli bo‘lmagan narsalarni ruxsatsiz va yashirincha
o‘zlashtirish. E’tibor bering, an’anaviy yoki elektron shakldagi
axborot yoki ma’lumotni ruxsatsiz o‘zlashtirish ham o‘g‘rilik
hisoblanadi.
|
| |