|
Belgili roʻyxat yaratish Pdf ko'rish
|
bet | 15/112 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 38,32 Mb. | | #102461 |
Bog'liq 7-sinf Informatika kitobi Cambridge 16
Belgili roʻyxat yaratish
Ma’lumotni aniq va tushunarli qilib taqdim etishning yana bir yo‘li bu
o‘q nuqtalar bilan
markerlangan ro‘yxat yaratishdir. O‘q nuqtalar hujjatda
ro‘yxat ko‘rinishidagi ma’lumotlarni
kiritishda juda foydali hisoblanadi.
Har bir elementga belgi joylashtirilganda va hujjatda alohida qatordan berilganda roʻyxatni oʻqish
ancha osonroq bo‘ladi. Roʻyxatni matnli paragrafning bir qismi sifatida oʻqish ancha qiyin.
Masalan, agar siz meva turlari roʻyxatini oʻqishingiz kerak boʻlsa, quyidagilardan qaysi birini oʻqish
osonroq boʻladi?
– olma, nok, apelsin, uzum, qovun, oʻrik, banan, olcha, qulupnay, chernika va qoraqat.
yoki
4.1-mashg‘ulot
“My_Newsletter.docx” hujjatini oching. Hujjat pastki qismida ikkita ustun va to‘rtta qatorli
jadval yarating. Quyidagi sarlavhalarni tepadagi qatorlarga yozing:
• “Tadbir”
• “Sana”
Quyidagi uchta tadbirni jadvalga kiriting:
• 1-iyun – maktab sport kuni.
• 25-iyun – maktab yozgi shou bayrami.
• 5-iyul – yozgi piknik.
4.2-mashg‘ulot
Jadval oxiriga qoʻshimcha ustun qo‘shing va “Harajat” sarlavhasini qoʻying. Quyidagi
ma’lumotlarni har bir qatorga yozing:
• Kirish bepul.
• Kirish 5000 so‘m.
• Har bir kishi uchun 4000 so‘m.
4.3-mashg‘ulot
Jadval tagiga qoʻshimcha qator qoʻshing. Quyidagi tadbirni kiriting: “Maktab yozgi xayriya
tadbiri, 10-iyul, har bir kishi uchun 5 000 so‘m”.
O‘q nuqta:
roʻyxat yaratishda
foydalaniladigan
belgi.
Roʻyxat: bir-biriga
bogʻliq ma’lumotlar
ketma-ketligi.
Kalit so‘zs
5-amaliy ko‘nikma
17
1
Matnli hujjatdan maqsadli foydalanish
|
| |