14 Jadvalda sarlavhalar
uchun alohida qator
kiritishni unutmang.
Maslahat Katak: jadvaldagi
kichik maydon boʻlib
u yerga ma’lumot
kiritish mumkin.
Kalit so‘z 5. Kursorni kataklar to‘plami boʻylab o‘ng tomonga siljiting va jadvalingiz uchun kerakli ustunlar
sonini tanlang.
6. Ustunlarni tanlaganingizdan soʻng, kursorni panjara boʻylab harakatlantiring va jadvalingiz
uchun kerakli qatorlarning sonini tanlang.
7. Toʻgʻri qatorlar va ustunlar toʻplamini tanlaganingizda sichqoncha tugmasini bosing.
Hujjatda jadval paydo boʻlganini koʻrasiz.
Jadval ichiga matn yozish 1. Qaysi katakka ma’lumot kiritmoqchi bo‘lsangiz, uni belgilang.
2. Matn terishni boshlang va u katak ichidan yoziladi.
3. Siz kiritgan matn jadvaldagi katakdan uzunroq boʻlsa, katak avtomatik ravishda matnni
katakchaga moslashtirishi uchun uzunligini oʻzgartiradi.
Jadvalga qoʻshimcha ustun qoʻshish 1. Jadvalga ustun qoʻshmoqchi boʻlgan joyingiz yonidagi katak ichiga bosing.
2. Siz katakning chap yoki oʻng tomoniga ustun qoʻsha olasiz.
3. Layout menyu oynasidan
Insert Left yoki
Insert Right tugmasini bosing.
15 1 Matnli hujjatdan maqsadli foydalanish
Jadvalga qoʻshimcha qator qoʻshish 1. Jadvalga qator qoʻshmoqchi boʻlgan joyingiz yonidagi katak ichiga bosing.
2. Katak tepasiga yoki pastiga qator qoʻshishingiz mumkin.
3. Layout menyu oynasining
Insert Above yoki
Insert Below tugmasini bosing.