• • In front of Text
  • 2.2-mashg‘ulot Kursoringizni “Tulip” so‘zi yoniga oʻtkazing. Endi “Tulip.jpg” tasvirini joylashtiring. Matnni Tight
  • 2.3-mashg‘ulot
  • Cover ict stb indd




    Download 38,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/112
    Sana21.11.2023
    Hajmi38,32 Mb.
    #102461
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112
    Bog'liq
    7-sinf Informatika kitobi Cambridge

    Square yoki Tight variantlaridan farq qilmaydi. Matn varaqning bo‘sh 
    maydoniga joylashishi uchun, siz sozlamalar yordamida joylashish nuqtalarini tahrirlashingiz 
    kerak.
    • Top and Bottom variantida matn tasvirning yon tomonlariga emas, faqat yuqori va pastki 
    qismiga joylashadi.
    • Behind Text varianti orqali tasvir har qanday matnning orqasida joylashtiriladi. Natijada matn 
    tasvirning usti qatlamida koʻrinadi.
    • In front of Text varianti orqali tasvir har qanday matnning oldida joylashtiriladi. Natijada matn 
    tasvirning orqa qatlamida ko‘rinadi.
    • Edit Wrap Points varianti matnning tasvir atrofida joylashgan joylarini oʻzgartirishga imkon 
    beradi. Ushbu parametr 
    wrap text menyusida ham mavjud. Bu matnni joylash parametrlari 
    Tight va Throughtda oʻrnatilganda eng foydalidir. U orqali matnni tasvirning ba’zi qismlariga 
    yaqinlashtirishingiz yoki uzoqlashtirishingiz mumkin.
    • Joylashtirish nuqtasini tahrirlash uchun tasvirga matnni joylash usulini qoʻllang va Edit Wrap 
    Points tugmasini bosing.


    11
    1
    Matnli hujjatdan maqsadli foydalanish
    2.1-mashg‘ulot
    “Flowers.docx” hujjatini oching va oʻqituvchingiz sizga taqdim etgan “dafodil.jpg” 
    tasvirini kiriting. 
    Square matnni joylash parametridan foydalanib, matnni tasvir atrofiga 
    joylashtiring. Tasvirni margiz guli haqidagi matnning chap tomoniga joylashtiring. Matn 
    tasvirga aniq joylashganini ikki marta tekshiring.
    2.2-mashg‘ulot
    Kursoringizni “Tulip” so‘zi yoniga oʻtkazing. Endi “Tulip.jpg” tasvirini joylashtiring. Matnni 
    Tight joylash sozlamasidan foydalanib joylashtiring. Tasvirni varaq boʻylab siljiting va 
    lolalar haqida matnning oʻng tomoniga qoʻying. Matn tasvirning butun konturi bo‘ylab 
    joylashganiga ishonch hosil qiling.
    2.3-mashg‘ulot
    “Daisy.jpg” tasvirini joylashtiring. Matnni joylash parametrlari orqali tasvirni oʻrab olgan 
    matn joylang va tasvirni moychechaklar haqidagi matnning oʻng tomoniga qoʻying. Matnni 
    moychechaklar orasidagi boʻsh joy atrofida joylashganiga ishonch hosil qilish uchun matnni 
    joylash nuqtalarini tahrirlang.
    “My_Flowers.docx” nomi bilan hujjatni saqlang.
    • Endi tasvir atrofida kichik qora kvadratchalar bilan qizil chiziq paydo boʻladi va bu joylash 
    nuqtalarini bildiradi. Agar siz biror kichik qora kvadratchani siljitsangiz, unda tasvirning 
    tashqi koʻrinishini oʻzgartirishi uchun matnning joylanganini koʻrasiz. Bundan tashqari, qizil 
    chiziqni bosish va yurgizish orqali qoʻshimcha joylash nuqtalarini qoʻshishingiz mumkin. Buni 
    qilayotganda qoʻshimcha qora kvadratni koʻrishingiz kerak.
    Matnni joylash sozlamasini qoʻllaganingizda, tasvirni qayerga joylashtirishni tanlashingiz kerak. 
    Variantlardan biri shunchaki tasvirni yangi holatga surishdir. Buning uchun tasvirni tanlang va 
    kursorni uning ustiga qoʻying. Keyin sichqoncha tugmasini bosing va ushlab turing. So‘ng tasvirni 
    sahifadagi yangi joyiga oʻtkazing.



    Download 38,32 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   112




    Download 38,32 Mb.
    Pdf ko'rish