|
Tasvirni qirqish va oʻlchamini oʻzgartirish Pdf ko'rish
|
bet | 12/112 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 38,32 Mb. | | #102461 |
Bog'liq 7-sinf Informatika kitobi Cambridge 12
Tasvirni qirqish va oʻlchamini oʻzgartirish
Siz tasvirning ma’lum bir qismidangina foydalanishingiz kerak boʻlib qolishi mumkin. Tasvirning
sizga kerak bo‘lmagan qismini qirqib olib tashlash uchun
crop buyrug‘idan foydalaniladi.
Shuningdek, siz foydalanmoqchi boʻlgan tasvir oʻlchami sizga toʻgʻri kelmasligi mumkin.
Bunday hollarda tasvir
o‘lchamini kerakli ravishda o‘zgartirishingiz mumkin. Ushbu jarayonni
tasvirning
tomonlar nisbatini o‘zgartirmagan holda to‘g‘ri amalga oshirayotganingizga e’tibor
qiling.
Tasvirni keraksiz qismini qirqish uchun ushbu tasvirni tanlasangiz,
Format
menyu oynasi paydo
bo‘ladi.
Format
menyu oynasidan
Crop
buyrug‘ini tanlang. Shunda tasvirning burchaklari va
yonlarida qalin qora chiziqlar paydo bo‘ladi.
Kursorni ushbu chetki hoshiya chiziqlaridan biriga joylang va sichqoncha tugmachasini bosib,
ushlab turing. Endi uni qirqish uchun kursorni tasvir boʻylab siljitish mumkin. Tasvirning qaysi
qismi oʻchirilishini koʻrishingiz mumkin. Chunki tasvirning bu qismi to‘q rang bilan belgilangan
bo‘ladi.
Tasvirning oʻlchamini oʻzgartirish uchun avval uni tanlang. Tasvirning burchaklari va yonlarida nuqta
paydo boʻlganini koʻrasiz. Kursorni nuqtalardan biriga joylashtiring, soʻng sichqoncha tugmachasini
bosib, ushlab siljiting. Endi tasvirni kattalashtirish yoki kichraytirish uchun kursorni tasvir tomonga
yaqinlashtirishingiz yoki uzoqlashtirishingiz mumkin.
Tasvir tomonlarining nisbatini saqlab qolish uchun tasvirning oʻlchamini oʻzgartirishda tasvirning
yon tomonidagi nuqtalardan emas, balki burchakdagi nuqtalardan birini ishlatganingizga ishonch
hosil qiling. Agar siz tasvirning nisbatlarini saqlamasangiz, uning sifati pasayadi va xunuk koʻrinadi.
Crop: tasvirning bir
qismini olib tashlash.
|
| |