7
1
Matnli hujjatdan maqsadli foydalanish
Boshlashingizdan avval
Quyidagilarni bilishingiz kerak:
• hujjatga matn kiritish;
• hujjatga tasvir joylashtirish;
• hujjatdagi matnni formatlash, jumladan shrift turi, oʻlchami va rangini o‘zgartirish;
• matnni tagiga chizilgan, qiya yoki qalin ko‘rinishga keltirish.
Kirish
Rasmiy ko‘rinishdagi hujjatni yaratish muhim va oʻta foydali ko‘nikmadir. Matnli formatlarni
samarali yaratishni o‘rganish katta tajriba va ko‘p mehnatni talab etadi. Masalan, hujjatning
kerakli qismiga tasvirni joylashtirish yoki bo‘sh maydonlardan maqsadli foydalanish jarayoni
bilim va tajribaga tayanadi. Agar siz rasmiy koʻrinishda hujjat yarata olsangiz, o‘qituvchingiz va
hatto kelajakda ish beruvchilarda ham katta taassurot qoldirishingiz mumkin. Buning uchun
hujjatingizni tayyorlashda ahamiyatli va diqqatli bo‘lishingiz, hujjatga mos uslub va maketni
topishingiz uchun, turli matn uslubi va tasvirlardan foydalanib ko‘rishingiz kerak boʻladi. Siz
tanlagan uslub va maket auditoriyaga, shuningdek, hujjatning maqsadiga bevosita bogʻliq bo‘lishi
lozim.
Matn uslubi:
matnning koʻrinishi.
Masalan, shrift turi,
oʻlchami, rangi va
hokazo