2-masala Slaydga ovozli nutq qoʻshish Slaydingiz maʼlumot olish joyida namoyish etilsa, unga bir nechta ovozli nutq qoʻshish mumkin.
Bunda slayd namoyish etilganda unda ovozli nutq ham ijro etiladi. Bu auditoriyangizni
qoʻshimcha maʼlumot bilan taʼminlashning yana bir ajoyib usulidir. Slayd uchun nutqni yozib olish
uchun sizga mikrofon kerak boʻladi.
57 2 Multimediadan maqsadli foydalanish
Ovozli nutqda nima deyishni rejalashtirishni xohlashingiz mumkin. Buning uchun qisqa ssenariy
yozishingiz kerak bo‘ladi. Buni taqdimot loyihasi fayliga qoʻshishingiz mumkin.
Qachonki siz ovozli nutqni taqdimotga yozishni xohlaganingizda,
Slide Show menyu oynasidan
Record Slide Show tugmasini bosishingiz kerak. Siz ovozli nutqni slaydning boshidan boshlab
ijro etiladigan qilib yoki maʼlum bir slaydda ijro etilishi uchun sozlashingiz mumkin.
Slayd-shouni yozib olish
Record Slide Show tugmachasini bosganingizdan so‘ng, siz ekranning
slaydlarni yozish ekraniga o‘zgarganini ko‘rasiz. Ovozli nutqni yozib olishni boshlash uchun
ekranning yuqori burchagidagi
Record tugmachasini bosing. 3 dan 1 gacha teskari sanoq
boshlanganini koʻrishingiz mumkin. Nutqingizni boshlashdan oldin taymer boshlanishini kuting.
Ovozli nutqingizni yozib tugatganingizdan keyin,
Stop tugmasini bosing. Yozib olingan ovozli
nutqni eshitish uchun
Replay tugmasini bosing.
58 Taqdimotingiz toʻliq
avtomatlashgan
boʻlishi uchun har bir
slayd uchun vaqtni
belgilashingiz kerak.
Maslahat 2-mashg‘ulot Hayvonot bogʻiga tashrif buyurish nega qiziqarli voqea boʻlishi haqida 20 soniyalik nutq
yozing.