|
Bo‘sh formani toʻldirish orqali yangi oʻyinchi qoʻshing.
2 Pdf ko'rish
|
bet | 83/112 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 38,32 Mb. | | #102461 |
Bog'liq 7-sinf Informatika kitobi Cambridge Bu sahifa navigatsiya:
- Test
1. Bo‘sh formani toʻldirish orqali yangi oʻyinchi qoʻshing.
2.
New Record
tugmasini bosing va yangi formani oching.
3. Boshqa oʻyinchini qoʻshing.
Bu qadamlarni oʻnta oʻyinchi kiritguncha takrorlang.
7.1-mashg‘ulot
Daftaringizda quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.
Avval maʼlumotlar bazangiz sizga kerakli barcha maydonlarni oʻz ichiga olganini
tekshirishingiz kerak. Ultimate League nomli maʼlumotlar bazasining ushbu ta’rifiga
ahamiyat qiling:
“Tashkilot Ultimate League deb nomlangan kompyuter o‘yinlari musobaqasini o‘tkazadi.
Ishtirokchilar tanlovga kirish uchun pul to‘laydi, so‘ng olti oy davomida qator o‘yinlarda
qatnashadi. Ular qancha ko‘p o‘yinda g‘alaba qozonsa, shuncha ko‘p ball to‘playdi. Yakunda
eng koʻp ball jamlagan oʻyinchi musobaqa gʻolibi boʻladi. Oʻyinchilar uchta yosh guruhidan
biriga kirishi mumkin. “Ultimate League” tashkilotchilari musobaqada qatnashgan barcha
ishtrokchilarning yoqtirgan oʻyin turlarini bilishni xohlaydi”.
Endi maʼlumotlar bazasi jadvalingizga qarang. “Ultimate League” maʼlumotlar bazasi
ta’rifidagi har bir gapni oʻz bazangiz ma’lumotlari bilan solishtiring.
Maʼlumotlar bazangizda tushib qolgan biror narsa bor ekanmi?
Agar boʻlsa, xavotir olmang, boshqa yangi maydon qoʻshishingiz mumkin.
Test: biror narsaning
ishlashiga ishonch
hosil qilish uchun
sinash
Kalit so‘z
Maʼlumotlar bazasini test qilish
Siz biror dastur yaratganingizda, albatta, uni ishlashini
test qilishingiz kerak. Agar uni toʻgʻri test
qilmasangiz, kerakli natijalarni ololmaysiz.
Tasavvur qiling, shifoxonaning maʼlumotlar bazasi umuman test qilinmagan va qandaydir xatolik
yuz berdi. Insonlar hayoti xavf ostida qolishi mumkin!
Maʼlumotlar bazasi test qilinayotganda, quyidagi qadamlarni bajarishingiz kerak:
|
| |