150
10-amaliy koʻnikma
Dekompozitsiyadan foydalanish
Masalalar kichikroq masalalarga boʻlinishi mumkin. Bularni baʼzida koʻplab
kichik masalalarga boʻlish mumkin. Masala qanchalik kichik boʻlsa,
yechish
ham shunchalik oson boʻladi. Xoʻrozqand shakli bitta katta topshiriq. Uni
kichikroq masalalarga boʻlsangiz, hosil qilish osonroq boʻladi.
Kichik masalalarni yechgandan keyin katta masalaga yechim topish
uchun
ularni birlashtirish mumkin! Bu dekompozitsiya jarayoni deb ataladi.
Buni turli shakllar yordamida bajarish mumkin.
Quyidagi tasvir uchta shakldan iborat:
• toʻgʻri toʻrtburchak;
• teng tomonli uchburchak;
• teng tomonli uchburchak.
Toʻgʻri toʻrtburchak chizish uchun protsedura yaratish kerak.
Ikki uchburchak ham oʻxshash. Uchburchak chizish uchun bittagina
protsedura kerak. Uni ikki marta chaqirish mumkin.
Uni qanday qilib birinchi joydan keyingi joyga olishni aniqlash kerak. Masalan,
toʻgʻri toʻrtburchak
hosil qilinsa, sprayt uchburchak boshlanishi kerak joyda
boʻlmaydi.
Chizishni toʻxtatish uchun
dan foydalanish, soʻng
spraytni yangi joyga
surish kerak, masalan: