155
5
Dasturlashni oʻrganish
Colour satridagi kichik nuqtani harakatlantirish rangni oʻzgartirishga imkon
beradi.
Saturation satridagisi esa rang shaffofligini yanada oshiradi.
Brightness satridan foydalanib rangning yorqinligini oshirish yoki xiralashtirish
mumkin.
Peroning oʻlchamini oʻzgartirish uchun
blokidagi raqamni
oʻzgartiring.
qiziqarli samara beradi.
1-mashg‘ulot
Chiziqning birinchi yarmini qora, ikkinchi yarmini koʻk rangda chizadigan dastur
yarating.
2-mashg‘ulot
Rangi sekin toʻqlashib boradigan chiziq chizuvchi dastur yarating.
3-mashg‘ulot
Takrorlash operatori yordamida
2-mashg‘ulot uchun dasturni qayta yozing.
4-mashg‘ulot
Chiziqning birinchi yarmini pero oʻlchami 1, ikkinchi yarmini pero oʻlchami 20
ko‘rinishda chizuvchi dastur yarating.
Birinchi ingichka qizil rangli chiziqda toʻgʻri toʻrtburchak, keyin qalin yashil
rangdagi chiziq orqali toʻrtburchak chizuvchi dastur yarating.
5-mashg‘ulot
Oltiburchak kabi shakl yaratish protsedurasiga ega dastur yarating.
Proseduraga murojaatlar orasini 15 daraja burib, har safar rang va chiziqning
qalinligini oʻzgartirib, protsedurani takroran chaqiring.
Kichik qadamlar
bilan oldinga
suriling, soyani
oʻzgartiring, keyin
oldinga suring va
hokazo.