|
• veb-brauzerdagi asosiy navigatsiya tugmalari, masalan, ForwardBog'liq 6-sinf• veb-brauzerdagi asosiy navigatsiya tugmalari, masalan, Forward va Back
tugmalaridan foydalanishni;
• giperhavola nima ekanini;
• maʼlumot qidirish uchun kalit soʻzlardan foydalanishni;
Onlayn boʻlganingizda sizning xafvsiz ekaningiz juda muhim. Haqorat qiluvchi
yoki noqonuniy maʼlumot topmaslik uchun bu koʻrsatmalarga amal qilish
kerak:
• Qidirish uchun kalit so‘zlarni ehtiyotkorlik bilan tanlang. Soʻz xato yozilsa
yoki yetarli maʼlumot bermaydigan umumiy soʻzlar qidirilsa, befoyda yoki
ehtimoliy zararli natijalar chiqishi mumkin.
• Veb-sahifani ochishda ogohlantirishlarga eʼtiborli boʻling, unda zararli
maʼlumotlar boʻlishi mumkin.
• Barcha qidirish natijalari ham ishonchli emas. Faqat tanish va ishonchli veb-
saytlarning natijalarini koʻring.
• Birinchi natija har doim ham eng yaxshisi boʻlavermaydi. Ayrim
kompaniyalar natijalari tepada boʻlishi uchun toʻlov qiladi. Ularni “Reklama”
yoki “Taʼminlangan” belgilaridan bilish mumkin.
Zararli maʼlumoti bor veb-sahifani topsangiz, zudlik bilan oʻqituvchiga ayting.
Shunda muammoga duch kelmaysiz.
Xavfsizlik!
Kirish
Internet millionlab veb-sahifalardan iborat veb-saytlarni oʻz ichiga oladi. Bu
juda koʻp maʼlumot! Bular internetning
World Wide Web qismida topiladi. Zarur
maʼlumotni topa olish uchun internetda xavfsiz va samarali usulda qidirish kerak.
Qidiruvlarni qayd etish va keyinroq ishlatish uchun maʼlumot yoki veb-sahifalarni
saqlash mumkin.
Onlayn:
internetga
ulangan
kompyuterda
ishlash.
Veb-sahifa: veb-
saytdagi bir sahifa.
Internet:
Dunyodagi barcha
o‘zaro ulangan
kompyuterlar
tarmogʻiga
berilgan nom
Veb-sayt:
veb-sahifalar
jamlanmasi.
|
| |