161
6
Internetda ishlashni oʻrganish
URL: bu Uniform
Resource
Locator
soʻzlarining
qisqartmasi va
sahifa manzili
yoki
Umumjahon
o‘rgimchak
to‘ridagi saytni
manzilini bildiradi.
Kalit soʻz
Veb-manzillari haqida tushuncha
Internetda har bir veb-sahifa uni topish uchun foydalanish mumkin bo‘lgan
yagona
URL manziliga ega. Ushbu manzil veb-sahifani
ochilganida veb-
brauzerning manzillar panelida paydo boʻladi. Agar veb sahifani manzili aniq
bo‘lsa, uni manzil paneliga kiritgan holda veb-sahifani ishga tushirish mumkin.
URL manzil uch qismdan tashkil topgan:
1 URL manzil odatda “http” yoki “https” so‘zi bilan boshlanadi.
Bu qism
protokol deb ataladi. U veb-sayt uchun maʼlumot qanday uzatilishini
boshqaruvchi qoidalar toʻplami hisoblanadi.
2 Soʻng veb-saytni aniqlovchi qism joylashadi. Masalan, “www.google”. Bu
qism
domen nomi deb ataladi.
3 URL manzilning oxirgi qismi veb-saytning
turi va dunyoning qayerida
joylashganiga bog‘liq holda turli xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin. Bular
domen kengaytmalari deb nomlanadi.
Quyida keng tarqalgan domen
kengaytmalari ro‘yxati keltirilgan:
• .com
• .org
• .net
• .edu
• .gov
• .uz
• .de
1.1-mashgʻulot
Dunyoda ko‘plab domen kengaytmalar mavjud, masalan,
Yangi Zelandiyada
“.nz”.
Sizning mamlakatiningiz qanday domen kengaytmasiga ega?
Do‘stlaringiz bilan roʻyxatni tuzing va tahrirlang. Sinfdagi barcha o‘quvchilar
birgalikda roʻyxatni shakllantirishingiz ham mumkin.