1 Takrorlash bloki dastur kodini yozishga qanday yordam beradi?
2 Dasturda protseduralardan foydalanishning qanday afzalliklari bor?
159 Internetda ishlashni oʻrganish
Bu modulda yakuniy loyihangizni yaratishga yordam beruvchi amaliy koʻnikmalarni
shakllantirasiz. Doʻstlaringiz uchun internetda tadqiqot olib borishga yordam
beruvchi qiziqarli qoʻllanma yaratishingiz kerak. Bu qoʻllanma internetda xavfsizlik
masalalari haqidagi muhim maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Yakuniy loyihangizni boshlashdan oldin internet yordamida maʼlumot qidirish va
natijalarni yozib olish haqida bilib olasiz. Veb-brauzerda mavjud ayrim vositalarni
ishlatish boʻyicha maʼlumot olasiz. Bu modulda Google Chrome veb-brauzeridan
foydalanasiz. Keyin hisobot yozasiz. Hisobot uchun maʼlumot izlashingiz va
maʼlumotni qayerdan olganingizni koʻrsatishingiz kerak.
Bu modulda quyidagilarni oʻrganasiz:
1
Maʼlumot topish uchun internet vositalaridan foydalanish
2
Axborotning ishonchli va foydaliligini baholash
3
Axborotni saqlash va qayta tiklash
4
Veb-saytdagi maʼlumotdan nusxa olish va uni joylashtirish
5
URL manzillari va veb-saytdagi obyektlarni saqlab olish
6
Kengaytirilgan qidirish turidan amaliy foydalanish.
Shu bilan birga quyidagilarni bilib olasiz:
• bukmarklar uchun papkalar yaratish.
• onlayn ishlayotganda ehtiyot boʻlish.
6
160 Dunyo o‘rgimchak
to‘ri 1989-yilda
ser Tim Berners-
Lee tomonidan
kashf etilgan.
Birinchi veb-
sayt 1990-yilda
yaratilgan.
Bilasizmi? Boshlashdan avval Quyidagilarni bilishingiz kerak:
• maʼlumotdan nusxa olish va qoʻshishni;