|
Cover ict stb inddBog'liq 6-sinf1-amaliy koʻnikma
2-amaliy koʻnikma
Qidiruv tizimining ishlash tamoyilini tushunish
Agar veb-saytning URL manzilini yoki izlayotgan maʼlumotingizni qayerdan
topishni bilmasangiz,
qidiruv tizimi imkoniyatlaridan foydalanish kerak.
Ular juda ajoyib vositalardir. Ular sizga zarur boʻlgan ma’lumotni koʻplab veb-
sahifalardan qidirib topish imkoniyatini beradi.
Qidiruv tizimi:
Dunyo o‘rgimchak
to‘ridagi veb-
saytlarni oʻz
ichiga oluvchi
yirik maʼlumot
bazalarini
qidirishda
foydalaniladigan
dastur.
Kalit soʻz
162
Manzil paneli:
foydalanilayotgan
veb-sahifa manzili
joylashgan veb-
brauzerdagi kichik
oyna.
Indeks: qidiruv
tizimida avval
qidirgan kalit
soʻzlar va veb-
sahifalar roʻyxati.
Algoritm: dastur
tomonidan
masalani yechish
uchun amal
qiladigan jarayon
yoki koʻrsatmalar
roʻyxati.
Filtrlash: keraksiz
maʼlumotni olib
tashlash yoki
kerakli maʼlumotni
topish.
Kalit soʻzlar
Qidiruv tizimidan foydalanish uchun, tanlangan brauzerning qidiruv paneli
yoki
manzillar paneliga kalit so‘z yoki gapni kiritasiz.
Har bir qidiruv tizimi
indeks deb nomlanuvchi ro‘yxatga ega. Bu
foydalanuvchilar tomonidan siz kiritgan kalit soʻzga mos keluvchi kalit soʻzlar va
veb-sahifalarning roʻyxatidir.
Qidiruv tizimi indeksni qidirish hamda qidirish paneli yoki manzil paneliga
kiritilgan soʻzlarga mos keluvchi barcha veb-sahifalar ro‘yxatini topish uchun
murakkab
algoritmdan foydalanadi.
Kalit so‘zga oid ma’lumotlar aks ettirilgan veb-sahifalar roʻyxatidan o‘zingizga
kerakli natijani tanlashingiz mumkin. Ro‘yxatning yuqorisida qaysi veb-sahifani
joylashtirishni aniqlash uchun boshqa murakkab algoritmdan foydalanadi.
Foydalanishingiz uchun bir qancha qidiruv tizimlari mavjud. Ularning har biri
o‘zaro bir-biridan qisman farq qiluvchi natijalarni hosil qiladi. Buning sababi –
ular foydalanadigan algoritmlar biroz farqli boʻladi.
Foydalanish uchun qulay qidiruv tizimlaridan biri – Google. Bundan tashqari,
Bing qidiruv tizimi imkoniyatlaridan ham foydalanishingiz mumkin.
Ayrim qidiruv tizimlari qaysidir auditoriya moslashgan. Masalan, Kiddle
bolalarga moʻljallangan tizimdir.
Yoshingizga mos havolalarni tanlashingiz muhimdir. Agar Kiddle kabi
qidiruv tizimidan foydalansangiz, ular avtomatik ravishda yoshingizga mos
kelmaydigan boshqa maʼlumotlarni
filtrlaydi.
2.1-mashgʻulot
Veb-brauzerning manzil paneliga Google soʻzini kiriting.
Endi esa “Qadimgi Misr piramidalari” soʻzlarini kiriting.
Qidiruv natijalari hosil qilgan ro‘yxatning yuqorisida joylashgan beshta natijani
qayd qiling.
Endi Bing qidiruv tizimini oching va shu amallarni bajaring.
Kiddle qidiruv tizimini oching va yuqorida bajargan ishlaringizni takrorlang.
|
| |