• 2.1-mashgʻulotni
  • Cover ict stb indd




    Download 8,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet88/148
    Sana20.12.2023
    Hajmi8,09 Mb.
    #125381
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   148
    Bog'liq
    6-sinf

    163
    6
    Internetda ishlashni oʻrganish
    Har biri qidiruv tizimi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatning yuqoridan beshta 
    natijaga qarang. Ularning nechtasi bir xil? Nechtasi o‘zaro farq qiladi? Ular bir xil 
    tartibda joylashganmi?
    2.2-mashgʻulot
    2.1-mashgʻulotni takrorlang, lekin kalit so‘zi sifatida “Kitlar” soʻzidan
    foydalaning.
    Ikkita mashgʻulotda aniqlaganlaringiz oʻxshashmi yoki farqlar mavjudmi?
    Natijalar oʻxshashmi yoki farqlimi?


    164
    3-amaliy koʻnikma
    Axborotning ishonchliligi
    Axborot izlashda internet tizimidan juda ko‘p marotaba foydalanadi. Bu 
    maktab loyihasini bajarish uchun axborot yoki sizni qiziqtirgan qandaydir 
    maʼlumot boʻlishi mumkin.
    Internetdan foydalanishning eng murakkab qismi foydalanilayotgan 
    axborotning ishonchli ekanini aniqlashdir. Siz bunday axborotlarni faqatgina 
    ishonchli manbalardan topishingiz mumkin.
    Mashhur kompaniya yoki 
    obro‘li tashkilot ishonchli manbaga misol bo‘la oladi. 
    Ishonchli manba odatda veb-saytga axborotni joylashdan avval uni juda koʻp 
    faktlar asosida tekshiradi. 
    Encyclopaedia Britannica ishonchli veb-saytga misol bo‘la oladi. Internet paydo 
    bo‘lishidan avval Encyclopaedia Britannica bir qancha kitoblar toʻplamidan 
    tashkil topgan. Undan insonlar maʼlumot qidirish uchun katta manba sifatida 
    foydalangan.
    Britannica kompaniyasi ensiklopediyasidagi barcha maʼlumotlar 
    toʻgʻriligini tekshirish uchun koʻp yil sarflagan. Bu kitoblardagi maʼlumotlar 
    kompaniya veb-saytlariga joylashtirilgan. Bu esa ularni oson va tezkor 
    yangilanish imkoniyatini yaratadi. Britannica maʼlumotlari aniqlik bo‘yicha 
    foydalanuvchilar orasida yaxshi obroʻga ega va ishonchli manba sifatida 
    foydalanish mumkin.
    Koʻpgina insonlar 
    Wikipediya ishonchli manba deb hisoblaydi, lekin 
    maʼlumot qidirish uchun foydalanishda ehtiyot boʻlish kerak. Chunki ixtiyoriy 
    foydalanuvchi veb-saytdagi axborotni oʻzgartirishi mumkin. Shu sababli 
    axborot o‘zining aniqlilik xususiyatini yo‘qotadi. Wikipediyada juda koʻp axborot 
    mavjud boʻlsa ham, u ishonchli manba emas.
    Foydalanish uchun aniqlagan axborotning ishonchliligini oshirish uchun 
    birdan ortiq manbadan foydalaning. Ikki yoki undan ortiq manbadan axborot 
    Encyclopaedia 
    Britannica 
    1768-yilda birinchi 
    marta, oxirgi marta 
    esa 2010-yilda 
    chop etilgan. 
    Unda110 nafar 
    Nobel mukofoti 
    sovrindori va 
    besh nafar AQSH 
    prezidentining 
    maqolalari chop 
    etilgan.

    Download 8,09 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   148




    Download 8,09 Mb.
    Pdf ko'rish