• Ma’lumotlarni saralab olish
  • Ehtiyot bo‘ling! Ma’lumotlar bazasi uchun maqsadni aniqlash
  • Cover ict stb indd




    Download 5,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet74/112
    Sana19.01.2024
    Hajmi5,09 Mb.
    #140808
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112
    Bog'liq
    Informatika Cabridge 7 uzb 2022

    Oddiy matnli maʼlu-
    motlar bazasi: faqat 
    bitta jadvalga ega 
    bo‘lgan ma’lumotlar 
    bazasi.
    Tarqoq ma’lumotlar 
    bazasi: ma’lumotlar 
    bir joyda saqlanadigan 
    emas, balki bir nechta 
    kompyuterlarga bo‘li- 
    nadigan ma’lumotlar 
    bazasi.
    Ma’lumotlarni 
    saralab olish: soʻrov 
    ma’lumotlarnitopadi 
    va mezonlarga 
    javob bera-digan 
    qiymatlardan qayta 
    jadval shaklida beradi.
    Axborot qimmatlidir. 
    Ma’lumotlaringizni 
    birovga berishda 
    ehtiyot bo‘ling. Chunki 
    ular boshqa odamlar 
    kirishi mumkin bo‘lgan 
    ma’lumotlar bazasida 
    saqlanishi mumkin.
    Ma’lumotlarni himoya 
    qilish to‘g‘risidagi 
    qonunchilik nima 
    ekani va u sizni 
    hamda shaxsiy 
    ma’lumotlaringizni 
    qanday himoya 
    qilishini bilib oling.
    Ehtiyot bo‘ling!
    Ma’lumotlar bazasi uchun maqsadni aniqlash
    Ma’lumotlar bazalaridan ko‘plab insonlar va tashkilotlar foydalanadi. Bu o‘zining DVD 
    to‘plamlarini saqlovchi bitta inson, bir nechta ishchilari bo‘lgan kichik tashkilot yoki minglab 
    ishchilari bo‘lgan yirik tashkilot bo‘lishi mumkin.
    Ma’lumotlar bazalari insonlar foydalanishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarni saqlash uchun ham 
    ishlatiladi. Ushbu ma’lumot quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
    • tasvirlar;
    • videolar;
    • kitoblar;
    • maqolalar;
    • ovozli fayllar.
    Onlayn musiqa striming xizmati siz tinglashingiz mumkin bo‘lgan barcha musiqalar ma’lumotlar 
    bazasiga ega bo‘ladi. Masalan, Spotify kabi. Agar siz bitta qo‘shiqchiga tegishli qo‘shiqlarni 
    tinglashni xohlasangiz, ushbu qo‘shiqchi nomini kiritsangiz, ma’umotlar bazasi ushbu 
    ma’lumotlarni sizga saralab beradi. Agar siz musiqa tinglash uchun akkauntga kirsangiz, 
    unda sizda foydalanuvchi ismi, paroli va boshqa ma’lumotlar qayerda saqlanadi degan savol 
    uyg‘onadi? Albatta, ma’lumotlar bazasida!

    Download 5,09 Mb.
    1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   112




    Download 5,09 Mb.
    Pdf ko'rish