12
Endi belgilangan matnni oʻchirish uchun
Backspace tugmasini bosing.
Shuningdek, sichqoncha koʻrsatkichini soʻzning
istalgan joyiga olib kelib,
sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosish orqali ham butun soʻzni
belgilashingiz mumkin.
Matnni koʻchirish
Ayrim hollarda hujjatga matn yozib boʻlganingizdan so‘ng matn noto‘g‘ri joyda
joylashgan ekanligiga qaror qilasiz. Bu muammoni hal qilish uchun matnni
osongina koʻchirishingiz mumkin.
Matnni koʻchirish uchun uni avval belgilashingiz kerak.
Matnni
belgilaganingizdan keyin, sichqonchaning oʻng tugmasini bosing. Bunda
menyu ochiladi. Sichqonchaning chap tugmasidan foydalanib,
menyudagi Cut
buyrug‘ini tanlang. Bu matnni joylashgan joyidan kesib oladi.
Kesib olingan matn
clipboardda vaqtincha saqlanadi. Endi siz ushbu matnni
kerakli joyga qoʻyishingiz mumkin.
Buni bajarish uchun kursorni siz matnni qoʻymoqchi boʻlgan
joyga joylashtiring
va sichqonchaning oʻng tugmasini bosing. Avval ochilgan menyu qaytadan
ochiladi.
Sichqonchaning chap tugmasini bosing va
Paste boʻlimidagi
birinchi buyruqni
tanlang. Endi matn yangi joyda paydo boʻlganini koʻrasiz.