16
Hujjat chop etishga tayyor boʻlganida ekranning
yuqori chap qismidagi
Print
tugmasini bosing.
Save tugmasi
Hujjatingizga kerakli matnni kiritib bo‘lgach, barcha mashaqqatli
ishingizni saqlashingiz mumkin, natijada ushbu
hujjatdan kelgusida yana
foydalanishingiz mumkin.
Hujjatingizni saqlash uchun
Save
tugmasidan foydalanasiz.
Save
tugmasi
ekranning yuqori chap burchagida tasmada joylashgan bo‘ladi.
Save
tugmasini tanlasangiz, hujjatingiz saqlanadi. Agar
hujjatni birinchi marta
saqlayotgan boʻlsangiz, ekranda “Save as” deb nomlangan boshqa oyna hosil
bo‘ladi.
DIQQAT QILING!
Ter to‘kib yozgan
ishingizning
biror qismini
yoʻqotmaslikka
ishonch
hosil qilish
uchun matn
bilan
ishlash
jarayonida
Save
tugmasini
muntazam
bosib turishingiz
kerak.
17
1
Matnli hujjat bilan ishlashni boshlash
Faylni saqlamoqchi boʻlgan
joyni tanlang, keyin “Enter filename here” degan
maydonchaga qulay fayl nomini yozing. Qanday qilib qulay fayl nomini
tanlashni navbatdagi amaliy ko‘nikma boʻlimida bilib olasiz.
Fayl nomini yozib
boʻlganingizdan keyin
Save
tugmasini bosing. Microsot Word hujjatingizning
birinchi qatoridagi matnni avtomatik tarzda fayl
nomi sifatida kiritganini
ko‘rasiz. Ushbu taklif etilgan matnni oʻchirib, foydalanishingiz uchun qulay fayl
nomini yozishingiz kerak.
Faylni birinchi marta saqlaganingizdan keyin,
istalgan vaqtda
Save
tugmasini
bosishingiz va uni qayta saqlashingiz mumkin. Har safar fayl nomini yozishingiz
shart emas, u birinchi marta yozgan fayl nomi bilan saqlab boradi.
4.1-mashg‘ulot
Oʻqituvchingiz bergan “Letter.doc” faylini oching. Xatda biror xato borligini
bilish uchun imlo tekshiruvini bajaring.
4.2-mashg‘ulot
Doʻstingiz yoki oʻqituvchingizga xatni qanday chop etishingizni tushuntiring.
4.3-mashg‘ulot
Faylni