• Daftaringizga quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.
  • Save tugmasi yordamida saqlang. 18




    Download 38,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/88
    Sana22.01.2024
    Hajmi38,94 Mb.
    #143143
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88
    Bog'liq
    5-sinf informatika (Cambridge )

    Save
    tugmasi yordamida saqlang.


    18
    5-amaliy ko‘nikma
    Hujjatlarni qulay nom bilan saqlash
    Hujjatni nomlayotganingizda, uni qisqa vaqtda tezda topa olishingizga 
    ishonchingiz komil bo‘lishi kerak. Demak, siz hujjatni ochib tekshirmasdan ham 
    uning ichida qanday axborot borligini bildiradigan nom tanlashingiz zarur.
    “Mening_xatim” nomi sizga bu xatligini eslatadi, lekin bu boshqa ma’lumot 
    bermaydi. Agar hujjatlaringiz ichida koʻplab xatlar saqlagan boʻlsangiz, ushbu 
    nom bilan uni qayta topishingiz qiyin boʻladi. 
    Hujjatingizni nomlayotganingizda quyidagi koʻrsatmalarga amal qiling:
    fayl nomi juda uzun boʻlmasin;
    u hujjatda nima borligini ko‘rsatib tursin;
    fayl nomida boʻsh joy boʻlmasin.
    Fayl nomida boʻsh joy boʻlishi ayrim dasturlar uchun fayl nomini oʻqishda 
    qiyinchilik tugʻdiradi, shu sababli undan foydalanmasligingiz tavsiya etiladi. 
    Boʻsh joy oʻrniga pastki chiziqdan foydalanishingiz mumkin. Bu kichik chiziq 
    boʻlib, uni har bir soʻz orasiga yozish mumkin, masalan, “Mening_xatim.docx”. 
    Pastki chiziq belgisi klaviaturada joylashgan.
    5.1-mashg‘ulot
    Daftaringizga quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.
    Siz doʻstingizga yozgan xatingizni hujjat sifatida saqlamoqchisiz. Ushbu 
    xatda matn bilan ishlashga oid yangi ko‘nikmalaringiz haqida yozilgan. Xatni 
    “Mening_xatim” deb saqlamoqchi boʻldingiz, lekin ushbu nom fayl uchun mos 
    keladigan fayl nomi emasligini tushunib yetdingiz.
    Quyidagi nomlardan qaysi biri fayl uchun mos deb o‘ylaysiz? Nima uchun?
    MatnniQaytaIshlashHaqidagiDoʻstimgaYozganXatim
    MQI_Haqida_Xat
    DoʻstimgaXat
    Ushbu nom nima uchun mos ekanligi haqida fikringizni yozing.



    Download 38,94 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   88




    Download 38,94 Mb.
    Pdf ko'rish