32
Uskunalarning rangini oʻzgartirish
Chizayotgan tasviringizda turli ranglardan foydalanishni xohlashingiz tabiiy
hol, buning uchun ushbu uskunaning rang sozlamasini oʻzgartirishni
bilishingiz
talab etiladi. Tanlagan uskunangiz uchun ranglar boʻlimidagi turli ranglardan
foydalana olasiz.
Oʻzgartirmoqchi boʻlgan rangingizni tanlang va chiziq chizishni boshlang.
Istalgan uskuna yordamida siz chizayotgan chiziq
rangi endi siz tanlagan
rangda boʻladi.
Tanlash uchun ranglar palitrasida maʼlum ranglar mavjud,
lekin bulardan
tashqari ham boshqa ranglardan foydalnish mumkin.
Boshqa ranglarni tanlash uchun
Edit colours
tugmasini tanlang.
Yangi hosil bo‘lgan oynada yana koʻplab siz hohlagan
ranglar mavjud ekanini
ko‘rishingiz mumkin. Chapdagi rangli kataklardan birini tanlang yoki maxsus
rang yarating.
33
2
Tasvirlar bilan
ishlashni boshlash
Maxsus rang yaratish uchun oynaning oʻng tomonidagi rangar aralshmash
koylashgan qismning istalgan joyini sichqocha orqali belgilang. Oynaning oʻng
tomonida rangli chiziq paydo boʻladi.
Kerakli rangni tanlash uchun ushbu
chiziqdagi nuqtani bosing, keyin
Add to
Custom Colours
tugmasini bosing. Rang oynaning
pastki chap tomonidagi
maxsus rang palitrasining bitta katakchalaridan biriga qoʻshiladi.
Shundan keyin
OK
tugmasini
tanlasangiz, siz tanlagan rang palitraning pastki
qismida paydo boʻlganini koʻrishingiz mumkin.
4.1-mashg‘ulot
Toʻrtta gorizontal toʻgʻri
chiziq chizing, har birining orasida kichik farq bilan biri
ikkinchisidan balandroq boʻlsin.
Birinchi chiziqni juda ingichka qiling, keyingilarini bir-biriga nisbatan qalinroq
qiling.
4.2-mashg‘ulot
Brush yoki Iine uskunasi yordamida bir necha marta
chiziq rangini almashtirib,
kamalak tasvirini chizing.