31
2
Tasvirlar bilan
ishlashni boshlash
Ushbu menyudan turli moʻyqalam teksturalarini tanlashingiz va har xil
ko‘rinishdagi teksturalarni chizishingiz mumkin. Har birini sinab koʻring
va ular
qanday qiziq teksturalar hosil qilishiga nazar soling!
3.1-mashg‘ulot
Microsoft Paint dasturida oʻqituvchingiz bergan “Shapes.png” faylini oching.
Birinchi
shaklga rang berish uchun
Crayon brush uskunasidan foydalaning.
3.2-mashg‘ulot
Ikkinchi shaklga rang berish uchun
airbrush uskunasidan foydalaning.
3.3-mashg‘ulot
Uchinchi shaklga rang berish uchun
watercolor uskunasidan foydalaning.
4-amaliy ko‘nikma
Chiziqning qalinligi va rangini oʻzgartirish
Uskunalarning qalinligini oʻzgartirish
Ushbu dasturda chizayotgan tasviringizda
ayrim chiziqlarni qalin, ayrimlarini
esa ingichka qilish imkoniyatiga egasiz.
Buni amalga oshirish uchun chizgan chiziqlaringiz
vositasining qalinlik
sozlamasini oʻzgartirishni bilishingiz kerak.
Chiziq qalinligini oʻzgartirish uchun
Size
uskunasini
tanlasangiz, menyu hosil
boʻladi.
Chizigʻingizga kerakli oʻlchamni tanlang, so‘ngra chizishni boshlang.
Airbrush
uskunasi:
chizish uchun
foydalaniladigan
rang sepuvchiga
oʻxshash vosita.