35
2
Tasvirlar bilan
ishlashni boshlash
Sichqoncha koʻrsatkichini kanvasga joylaganingizda, u kichik boʻyoq
bankasiga oʻxshash ko‘rinishda ekanini ko‘rasiz.
Bundan Fill uskunasini
faollashtirganingizni bilishingiz mumkin.
Shundan keyin sichqoncha koʻrsatkichini boʻyaluvchi shakl oʻrtasiga joylang va
uning chap tugmasini bosing.
Endi shakl siz tanlagan rangda boʻlganini koʻrasiz.
5.1-mashg‘ulot
Uchta turli shakl chizing.
Birinchi shaklni qizil rang bilan bo‘yang.
Ikkinchi shaklni sariq rang bilan bo‘yang.
Uchinchi shaklni yashil rang bilan bo‘yang.
6–amaliy ko‘nikma
Tasvir qismlaridan nusxa olish, kesib olib tashlash yoki
joylashtirishdan foydalanish
Tasvirning bir qismidan
nusxa olishni xohlashingiz mumkin.
Buni tasvirda biror
predmetni bittadan koʻp boʻlishini istaganingizda bajarasiz.
Tasvirning bir qismidan nusxa olish uchun avval uni belgilashingiz kerak. Buni
toʻgʻri toʻrtburchak shakldagi