49
3
Diagrammalar bilan
ishlashni boshlash
2.4-mashg‘ulot
Daftaringizda quyidagi vazifani bajaring. Darsligingizga yozmang.
Tasvirdagi mevalar uchun maʼlumotlar jadvalini toʻldiring.
1 Tasvirdagi ranglarning nomlarini 1-ustunga yozing.
2 Har bir rang uchun sanoqni 2-ustunga kiriting.
3 Har bir rang uchun jami miqdor ko‘rsatkichini 3-ustunga kiriting.
Rang (1)
Sanoq (2)
Jami (3)
50
Piktogramma:
soʻzlar oʻrniga
tasvirlardan
foydalanib
namoyish etiluvchi
grafik.
Kalit soʻz
Piktogramma yaratish
Maʼlumotlarni taqdim etish (koʻrsatish) uchun
piktogramma tasvirlaridan
foydalaniladi. Bitta tasvir bir yoki koʻproq maʼlumot o‘rnida kela oladi. Masalan,
bitta tasvir oʻnta sherni bildirishi mumkin. Piktogramma
har bir tasvir nimani
namoyish etayotganini koʻrsatish uchun o‘z kalitiga ega. Masalan,
ikkita sher
quyidagicha ifodalanadi:
Kalit
=
bitta sher
Bu tasvirda meva
piktogrammasini quyidagi
usullarda yaratishingiz mumkin: