51
3
Diagrammalar bilan ishlashni boshlash
3.1-topshiriq
Daftaringizga quyidagi vazifani bajaring. Darsligingizga yozmang.
Quyidagi piktogramma nimani ifodalamoqda?
Kalit
=
bitta pingvin
3.2-mashg‘ulot
Qogʻoz parchasiga uchta olmani ifodalovchi piktogramma chizing.
Kalit qoʻshishni yoddan chiqarmang.
3.3-mashg‘ulot
Qogʻoz parchasiga ushbu tasvirdagi hayvonlar sonini ifodalovchi piktogramma
chizing.
Piktogrammalar
gorizontal yoki
vertikal boʻlishi
mumkin
va biror
bir mazmunni
ifodalashi kerak.
Ko‘rsatma
Tasvirlaringiz
sifatidan xavotir
olmang. Bu
maktabingizdagi
“Tasviriy san’at”
darsi imtihoni
emas!
Ko‘rsatma
52
Jadvallar yaratishda Microsoft Excel dasturidan foydalanish
Microsoft Excel elektron jadval dasturi hisoblanadi.
Elektron jadvallar dasturi sizga sonli ma’lumotlar bilan ishlash imkonini
beruvchi dasturiy ta’minotlardan biridir. Unga maʼlumotlar kiritishingiz mumkin.
Agar
tegishli buyruqlarni bilsangiz, dastur matematik amallarni ham bajara
oladi.
Elektron jadvallar
kataklardan tashkil topgan.
Katakni bosib, uning ichiga matn kiritishingiz ham mumkin. Turli kataklarga
yozish uchun uni sichqonchaning chap tugmasini bir
marta bosib faollashtirib
olinadi hamda katak ichiga so‘zlar qo‘shiladi.
Bu bitta katak
4.1-mashg‘ulot
Sinfingizdagi o‘quvchilar sogʻlom ovqatlanish mavzusini oʻrganmoqda, siz va
doʻstlaringiz “sogʻlom ovqatlanish” jadvaliga ma’lumot
kiritish uchun biror-bir
meva olib kelishingiz kerak.