57
3
Diagrammalar bilan
ishlashni boshlash
5.2-mashg‘ulot
Diagrammadan yana qanday maʼlumotlarni aniqlash mumkin?
Ustunlar diagramma boʻylab o‘sish yoki kamayish tartibida joylashganmi? Yoki
ularning barchasi aralash holatdami?
5.3-mashg‘ulot
Tasavvur qiling, O‘zbekiston hududida xususiy doʻkoningiz bor.
Soyabonlar
sotish haqida oʻylayapsiz. Qaysi oyda sizga sotish uchun eng koʻp
miqdorda
soyabon kerak boʻladi?
6-amaliy ko‘nikma
Diagrammaga maʼlumot kiritish
Elektron jadvaldagi maʼlumotlar asosida diagramma yaratiladi.
Diagramma yaratishdan avval sizga maʼlumotlar jadvali kerak boʻladi.
Quyida elektron jadval berilgan:
Bu maʾlumotlar jadvali
Bu boʿsh diagramma
Ushbu tasvirda maʼlumotlar jadvali va boʻsh diagrammani ko‘rishingiz mumkin.
Diagramma boʻsh, chunki jadvalga maʼlumotlar kiritilmagan.
Jadvalga
maʼlumotlarni
kiritsangiz, diagramma ma’lumotlar asosida oʻzgaradi.
6.1-mashg‘ulot
Oʻqituvchingiz tomonidan berilgan “colours_2.xlsx” faylini oching.
Oʻqda
joylashgan
raqamlar siz
qiymatlarni
kiritganingizda
oʻzgaradi.