60
7.1-mashg‘ulot
Daftaringizga quyidagi savollarga javob yozing. Darsligingizga yozmang.
Maktabingizda nechta o‘quvchi koʻzoynak taqishi va nechtasi taqmasligini aniqlang.
1 Bu maʼlumotni ustunli yoki doiraviy diagrammaning
qaysi biridan foydalanib
namoyish etish ma’qul deb o‘ylaysiz?
2 Nega aynan bu turini tanladiingiz?
7.2-mashg‘ulot
Sinfdoshlaringizdan o‘tgan haftada qancha sabzavot isteʼmol qilganligini so‘rab
chiqing.
1 Bu maʼlumotni ustunli yoki doiraviy diagrammaning qaysi biridan foydalanib
namoyish etish ma’qul deb o‘ylaysiz?
2 Nega aynan bu turini tanladiingiz?
8-amaliy ko‘nikma
Maʼlumotlar jadvali asosida diagramma yaratish
Diagrammani
yaratishdan avval, butun maʼlumot jadvalini,
jumladan,
mavzusini ham ajratib ko‘rsatishingiz kerak bo‘ladi.
61
3
Diagrammalar bilan ishlashni boshlash
Keyin
ekranning yuqorisidagi
Insert menyusini
tanlang.
Siz istagan ko‘rinishdagi
diagrammani aks ettiruvchi
ikonkani tanlashingiz
mumkin. Siz ustunli diagrammadan foydalanishingiz mumkin.
Ustunli diagramma belgisini tanlasangiz, menyu hosil bo‘ladi.
Menyudan
birinchi variantni tanlang.
8.1-mashg‘ulot
Oʻqituvchingiz bergan “shapes_2.xlsx” faylini oching.
Mazkur tasvirda joylashgan shakllardan foydalanib maʼlumotlar jadvalini
toʻldiring.