77
4
Dasturlashni boshlash
3-amaliy ko‘nikma
Blok-sxema yaratish
Blok-sxemalar yasashni bilish sizga koʻrsatmalar qanday ketma-ketlikda
ekanini ko‘rish uchun yordam beradi.
Blok-sxema koʻrsatmalar ketma-ketligini koʻrsatuvchi chizma hisoblanadi.
Unda:
• qayerdan boshlashingizni
bildiruvchi Boshlash
katagi mavjud;
• qayerda toʻxtashingizni bildiruvchi
Tugatish katagi mavjud;
• Qanday vazifalarni bajarishingizni ko‘rsatuvchi Jarayon
kataklari;
• keyingi katakni bildirish uchun strelkalar mavjud.
Har bir katak koʻrinib turganingizdek, maxsus shaklga ega.
Strelkalar koʻrsatmalarning
bajarilish
tartibini bildiradi.
3.1-mashg‘ulot
Blok-sxemaga qarang.
Koʻrsatmalarni bajaring.
“Start” maydonchasidan boshlang. Strelka birinchi
toʻrtburchakka borishingizni aytmoqda. Strelkalar boʻylab
yuring va har bir jarayonni bajaring.
Buni toʻgʻri tushundingizmi?
Quyidagilarni bajarishingiz kerak: