78
4–amaliy ko‘nikma
Burchaklar bilan ishlash
Biz burilgan kattalik burchak deb ataladi. Ular darajalarda oʻlchanadi.
Siz toʻliq, yarim va chorak burilishlar nima ekanligini
allaqachon bilib olgan
bo‘lishingiz kerak.
Burilish
Burchak
Toʻliq burilish
360 daraja
Yarim burilish
180 burchak
Chorak burilish
90 daraja
4.1-mashg‘ulot
2-amaliy ko‘nikma bo‘limidagi labirintga qarang.
Tasavvur qiling, siz “START” katagida turgan holda
kulrang kataklar tomon
qarab turibsiz. Bir nechta katak boʻylab oldinga yurishingiz mumkin. Chapga
yoki oʻngga yohud biror burchak ostida burilsangiz ham bo‘ladi.
END
START
Masalan:
OLDINGA 4 KATAK
CHAPGA 90
DARAJA
OLDINGA 2 KATAK
Bu ketma-ketlikdan keyin qayerdaligingiz labirint chizmasida ko‘rsatilgan.
Labirintni yakunlash uchun qolgan ketma-ketlikni chizib chiqing.
79
4
Dasturlashni boshlash
4.2-mashg‘ulot
Bitta aylana 360 daraja bo‘lib, 0 va 360 darajalari orasida
koʻplab burchaklar mavjud.
90 darajaga burilishning yarmi 45 daraja boʻladi.
Oʻrningizdan turib, 90
darajaning yarmiga buriling
(chorak burilishning yarmi).
4.3-mashg‘ulot
Mana bu yangi labirintga qarang.
END
START
Burchaklari bir-biriga tegib turgan ikkita katak 45 daraja burilishingiz va keyin
oldinga harakatlanishingiz kerakligini bildiradi.
Tasavvur qiling, “START” katagida birinchi kulrang katakka yuzlanib turibsiz.
Quyidagi koʻrsatmalar sizni ikkinchi kulrang katakka olib boradi:
OLDINGA 1 KATAK
CHAPGA 45 DARAJA
OLDINGA 1 KATAK
Labirintni yakunlash uchun ketma-ketlikni yozib chiqing.
45
º
Burchaklar
muhim
ahamiyat
kasb etadigan
tushuncha
bo‘lib,ularni
matematika
fanida
ham oʻrganasiz.