53
3
Diagrammalar bilan
ishlashni boshlash
Tasvirda sinfda jamlangan mevalar aks ettirilgan.
Oʻqituvchingiz sizdan mevalarni jadvalda ifodalashni soʻradi.
Endi esa
oʻqituvchingiz sizga “colours_1.xlsx” faylini taqdim etdi.
Ushbu faylni oching.
Tasvirda aks etgan har bir rang nomini A ustunga kiriting. Har bir rang yangi
katakda boʻlishi kerak.
Har bir rangning jami miqdorini B ustunga kiriting.
54
4.2-mashg‘ulot
Sinfingiz hayvonot bogʻiga bormoqchi. Oʻqituvchingiz
barchangizdan siz
koʻrishni juda xohlayotgan hayvon tasvirini chizishni soʻradi.
Quyidagi tasvirda sinf oʻquvchilari tomonidan chizilgan hayvonlar toʻplami aks
etgan.
Oʻqituvchingiz sizga “zooAnimals.xlsx” faylini beradi.
Tasvirdagi hayvonlar nomlarini A ustuniga yozing.
Tasvirdagi har bir hayvonning jami miqdorini hisoblab, B ustuniga yozing.