|
• maʼlumotlarni guruhlarga ajratish (tasniflash);
•Bog'liq 5-sinf informatika (Cambridge )• maʼlumotlarni guruhlarga ajratish (tasniflash);
• grafik yoki diagramma yaratish;
• grafik yoki diagrammani formatlash;
• grafik yoki diagrammaga oʻq belgisini qoʻshish;
• grafik yoki diagrammadan xulosalar chiqarish.
Boshlashingizdan avval
Quyidagilarni bilishingiz kerak:
• maʼlumotlarni kiritish uchun klaviaturadan hamda variantlardan birini tanlash
uchun sichqonchadan (yoki sensorli ekrandan) foydalana olishingiz kerak;
• maʼlumotlar jadvalining nomi (sarlavhasi) mavjud ekanligini;
• jadvalda foydalanilayotgan maʼlumotlar sarlavhalar boʻyicha tartiblangan
ekanligini.
Kirish
Diagramma – raqamli axborotni namoyish etuvchi grafik (turli qiymatlarni
tasvirlovchi axborot) bo‘lib, uning koʻplab turlari mavjud.
Keyingi sahifaning yuqori qismida joylashgan
ustunli diagrammada eng baland
ko‘rsatkich yashil ustun bo‘lib, bu uning ko‘rsatkichi eng katta ekanini bildiradi.
Ustunli diagrammaning quyi qismida
doiraviy diagramma joylashgan, unda eng
kattasi yashil boʻlak hisoblanib, bu uning ko‘rsatkichi eng katta ekanini bildiradi.
Bu modulda quyidagilarni oʻrganasiz:
1
Maʼlumotlarni saqlash va ularni guruhlarga ajratish
2
Maʼlumotlarni grafiklar va diagrammalarda tasvirlash
3
Grafiklar va diagrammalardan foydalanib savollarga javob berish
4
Grafiklar va diagrammalardan foydalanib xulosalar chiqarish
Diagramma:
raqamli axborotni
vizual usulda
namoyish etuvchi
tasvir.
Axborot: nimadir
yoki kimdir
haqidagi fakt.
Ustunli
diagramma:
predmetlar sonini
koʻrsatuvchi
vertikal
chiziqlardan
tashkil topgan
grafik turi.
Doiraviy
diagramma:
butun doira
umumiy miqdor
hamda har bir
boʻlak umumiy
miqdorning bir
qismi ekanini
bildiruvchi grafik
turi.
|
| |