Cover ict stb indd




Download 38,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/88
Sana22.01.2024
Hajmi38,94 Mb.
#143143
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88
Bog'liq
5-sinf informatika (Cambridge )

Maslahat


37
2
Tasvirlar bilan ishlashni boshlash
Paste buyrug‘i sizga nusxa olgan tasvirni kanvasning turli qismiga joylash 
imkonini beradi.
Belgilagan tasvirni joylash uchun sichqoncha koʻrsatkichini joylamoqchi 
boʻlgan joyingizga olib boring, keyin 
Paste
tugmasini bosing.
Natijada belgilagan tasvir qismi kanvasga joylanganini koʻrasiz.
Tasvirning belgilangan qismini kanvasdan oʻchirmoqchi yoki surmoqchi 
boʻlsangiz, buni 
Cut uskunasi orqali amalga oshirishingiz mumkin.
Menyudagi 
Cut
tugmasini tanlasangiz, tasvirning siz belgilagan qismi oʻchadi. 
Agar istasangiz, uni kanvasning boshqa qismiga joylashingiz mumkin.
Cut: tasvirning 
belgilangan qismi 
yoki hammasini 
kesib olish.
Kalit soʻz


38
Eraser uskunasi
Shuningdek, tasvirning ayrim qismlarini oʻchirish uchun Eraser uskunasidan 
foydalanishingiz ham mumkin. Bu uskuna qogʻozga chizilgan tasvirni 
oʻchirishda foydalaniladigan oʻchirgʻichga juda oʻxshaydi.
Eraser uskunasidan foydalanish uchun avval uni faollashtirib olishingiz kerak. 
Sichqoncha koʻrsatkichini tasvirning siz oʻchirmoqchi boʻlgan qismiga joylang 
va uning chap tugmasini bosib ushlab turing.
Sichqoncha koʻrsatkichi tasvir boʻylab harakatlanadi va huddi qogʻozdagi 
tasvirni oʻchirganingiz kabi holat amalga oshiriladi.
6.1-mashg‘ulot
Oʻqituvchingiz bergan “Bee.png” faylini oching. 
Asalarini belgilang va undan nusxa oling.
Uchta asalari hosil qilish uchun nusxa olingan asalarini ikki marta qayta 
joylang. 
Asalarilar joylashgan tasvir fonida moviy osmon tasvirini hosil qilish uchun 
Brush uskunasidan foydalaning.



Download 38,94 Mb.
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88




Download 38,94 Mb.
Pdf ko'rish