• Save as
  • Cover ict stb indd




    Download 38,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet28/88
    Sana22.01.2024
    Hajmi38,94 Mb.
    #143143
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88
    Bog'liq
    5-sinf informatika (Cambridge )

    39
    2
    Tasvirlar bilan ishlashni boshlash
    7-amaliy ko‘nikma 
    Tasvirni saqlash
    Yangi tasvir yaratsangizda uni saqlashingiz kerak boʻladi. Hujjatni saqlash 
    uchun 
    Save as
    tugmasini bosing. Hujjatni birinchi marta saqlayotganingizda 
    unga nom berishingiz kerak.
    File
    menyusidagi “
    Save as” buyrug‘ini tanlang.
    Oyna ochiladi va u yerda tasvir uchun fayl nomi yozishingiz kerak boʻladi. 
    Tasvir qayta kerak boʻlganida uni oson tanib olishda yordam beruvchi nom 
    tanlashingiz maqsadga muvofiq. Fayl nomini yozganingizdan keyin 
    Save
    tugmasini bosing. Shu tariqa tasviringiz saqlanadi!
    7.1-mashg‘ulot
    Oʻqituvchingiz bergan “House.png” faylini oching. 
    Bu faylda toʻrtburchak chizib qoʻyilgan.
    Ushbu toʻrtburchakdan uy yasash uchun qolgan shakl va chiziqlarni qoʻshing.
    7.2-mashg‘ulot
    Uy tasviriga osmon va maysalar qoʻshish uchun Brush uskunasidan 
    foydalaning.
    Osmonga quyosh tasvirini joylash uchun Shape uskunasidan foydalaning.
    7.3-mashg‘ulot
    Uy tasvirini qulay fayl nomi bilan saqlang.
    Save as: tasvirni 
    birinchi marta 
    saqlayotganingizda 
    foydalaniladi. 
    U sizga tasvirni 
    nomlash imkonini 
    beradi.
    Kalit soʻz


    40
    Bo‘g‘irsoq rasmini chizish
    Kichik qahramonimiz Bo‘g‘irsoq bilan tanishing. U juda 
    quvnoq va sodda. Uni chizish uchun rasm chizishdagi 
    barcha amaliy ko‘nikmalaringizdan foydalaning. Bu 
    quyidagicha boʻladi:
    1-mashg‘ulot
    Bitta sherik toping va Bo‘g‘irsoq rasmiga qarang. 
    Qahramonimizning turli qismlarini qaysi uskunalar 
    yordamida chizish haqida suhbatlashing. Uni chizish uchun Line uskunasi, 
    Brush uskunasi va Shape uskunasidan foydalanishingiz mumkinligini 
    yodda saqlang. Shuningdek, nusxa olish va joylash uskunalaridan ham 
    foydalanishingiz mumkin. Ulardan qayerda foydalana olishingiz mumkinligini 
    eslab oling.
    2-mashg‘ulot
    Bo‘g‘irsoqning siz chizadigan versiyasida oʻrgangan barcha uskunalardan 
    foydalaning. Qahramonimizni chizib boʻlganingizdan keyin uni belgilang va 
    yoniga uning nusxasini yarating. Shunda sizda ikkita qahramon paydo bo‘ladi!
    3-mashg‘ulot
    Bo‘g‘irsoq tasvirini qulay fayl nomi bilan saqlang.
    Ssenariy
    Shaklning tashqi hoshiyasi uchun bitta rangdan, ichini bo‘yash uchun boshqa 
    rangdan foydalanish mumkin. Buni Color 1 va Color 2 variantlaridan foydalanib 
    amalga oshirasiz. Color 1 tashqi hoshiya rangi va 2-rang esa shaklni bo‘yash 
    rangi bo’ladi.
    Color 1 uskunasini tanlang, so‘ng shakl hoshiyasi uchun xohlagan rangingizni 
    tanlashingiz mumkin. Color 2 uskunasini tanlang, so‘ngra shaklni bo‘yash 
    uchun o‘zingiz istagan rangingizni tanlaysiz.
    Endi shaklni chizishingiz mumkin va uning hoshiyasi hamda shaklning ichi siz 
    tanlagan ranglarda boʻladi.
    1-mashg‘ulot
    Koʻk hoshiya va sariq bilan bo‘yalgan kvadrat chizing. Olovrang hoshiya va 
    binafsharang bilan toʻldirilgan doira chizing.
    Masala
    Sichqonchaning 
    chap tugmasini 
    bosganingizda 
    Brush uskunasi 
    Color 1 rangidan, 
    sichqonchani 
    oʻng tugmasini 
    bosganingizda 
    Color 2 rangidan 
    foydalanadi.

    Download 38,94 Mb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   88




    Download 38,94 Mb.
    Pdf ko'rish