9
1
Matnli hujjat bilan ishlashni boshlash
9
Soʻz yozish
Soʻz yozish uchun shu soʻzga kerakli boʻlgan harflar klaviaturadan topiladi
va kerakli ketma-ketlikda bosiladi. Har bir harf soʻz yasash uchun ekranda
yozilishni boshlaydi. Shuningdek, harflar
belgilar deb ham ataladi.
Gap yozish uchun birinchi soʻzni kiritganingizda yoki bitta so‘z kiritganingizda,
soʻzning birinchi harfi
bosh harfga oʻzgarganini koʻrishingiz mumkin. Odatda
Microsoft Word har bir gapning birinchi harfini bosh harfga avtomatik ravishda
almashtiradigan qilib sozlangan bo‘ladi.
Bosh harflarda yozish
Harfni bosh harf ko‘rinishiga o‘tkazish uchun
Shift tugmasini bosib ushlab
turing, keyin bosh harfda yozmoqchi boʻlgan harfni kiriting. Harfni yozib
boʻlganingizdan keyin shift tugmasini qo‘yib yuborasiz.
Shift
Bittadan koʻp harfni bosh harf bilan yozish uchun
Caps Lock tugmasidan
foydalanish mumkin. Agar bu tugma bir marta bosib qo‘yilsa, kiritilgan har bir
harf Caps Lock tugmasini qayta bosgunga qadar bosh harfda yoziladi.