7
1
Matnli hujjat
bilan ishlashni boshlash
Kirish
Matn bilan ishlash, bu
matn yozish yoki hujjatdagi matnni oʻzgartirish orqali
elektron hujjatlar yaratish jarayonidir. Matn bilan ishlash oʻrganish kerak boʻlgan
juda kerakli ko‘nikma hisoblanadi.
Ushbu ko‘nikmadan maktab vazifalarini
bajarishdan boshlab, orzuingizdagi kasb
egasi bo‘lgunga qadar ko‘plab maqsadlarda foydalanasiz.
Matn bilan ishlash ko‘nikmasidan asosan elektron hujjatlarni
email yoki boshqa
elektron aloqa vositalari orqali boshqalarga yuborish jarayonida foydalaniladi.
Shuningdek, bu ko‘nikmalarga ega boʻlish, ushbu hujjat nusxasini xohlagan
vaqtingizda oʻzgartira olishingiz uchun saqlay olishingizni anglatadi.
Microsoft Word – ushbu modulda foydalaniladigan
matn bilan ishlash dasturi
hisoblanadi. Matn bilan ishlovchi boshqa dasturlar ham mavjud,
ularning ixtiyoriy
turlaridan foydalanishingiz mumkin. Ushbu dasturlarda juda ko‘p oʻxshash
tugmalar va
ikonkalar bor.
DIQQAT QILING!
Kompyuterdan foydalanish vaqtida xavfsizlik yo‘riqnomalariga rioya
qilishingiz kerak. Undan foydalanayotganingizda
yoningizda biror yegulik
yoki ichimlik boʻlmasligi kerak. Ichimlikni kompyuterga osongina toʻkib
yuborishingiz natijasida elektr toki urishi mumkin.
Shuningdek, yegulikni klaviaturaga tushirib yuborishingiz va bu
tugmalar
orasiga kirishi hamda ularning ishini toʻxtatib qoʻyishi mumkin.
Kompyuteringizga ulanadigan simlarga
hech qachon tegmasligingiz
kerak. Agar kompyuterda biror muammo paydo boʻlsa, bu haqida doim
oʻqituvchingizga aytishingiz zarur.
Sichqonchadan foydalanish
Matn yozishni boshlash joyini
tanlash va tahrir qilmoqchi
boʻlgan matnni
belgilash uchun
sichqonchadan
foydalaniladi.
Sichqonchangizni siljitganingizda,