150
medium, normal va low. Qayta ishlash yuqori imtiyozli navbatdan boshlab ketma-
ket olib boriladi, va uni to‗liq tozalanishigacha
imtiyozi past navbatlarga
o‗tilmaydi. Shunday qilib, kanalning yuqori imtiyozli navbatlar bilan monopoliyasi
yaratilishi mumkin. Imtiyozi aniq ko‗rsatilmagan trafik avtomatik ravishda
(default) navbatga tushadi.
Ixtiyoriy navbatlar: Custom Queuing (CQ) sozlanadigan navbatlarni
ta‘minlaydi. Har bir navbat ucun kanalini o‗tkazish yo‘lagi boshqarishni ko‗zda
tutadi. 17 ta navbatlar qo‗llab quvvatlanadi. Tizimli ―0‖
navbat boshqaruvchi
yuqori imtiyozli paketlar uchun zahiralab qo‗yilgan va foydalanuvchilarga bu
paytda yo‘l qo‘yilmaydi.
Navbatlar, birinchisidan boshlab ketma-ketlikda aylanib o‘tadi.
Har bir
navbat ―hisoblagich‖ga ega. Baytlar navbatda aylanib o‘tishidan oldin berilgan
qiymat bo‘lib,qachonki navbatdan chiqib ketsa u paketning xajmiga ko‘ra
kamayadi. Agar hisoblagich 0 ga teng bo‘lmasa navbatdagi paket to‘liq o‘tadi.