|
Excel optimizatori uchun biznes-jarayonlari bo„yicha masalalar turlari
|
bet | 74/81 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 3,03 Mb. | | #123098 |
Excel optimizatori uchun biznes-jarayonlari bo„yicha masalalar turlari.
Excel optimizatori yordamida biznes-jarayonlarining qanday masalalarini yechish mumkin va qanday turdagi masalalar turlari optimizator alomatiga mos keladi?
Yuklarni tashish bo‘yicha biznes-jarayonlari: masalan, talab hajmini hisobga olib mahsulotlarni bir necha korxonalardan bir necha do‗konlarga yetkazib berishda sarflanadigan xarajatlarni minimallashtirish;
Ish joylarini taqsimlash bo‘yicha biznes-jarayonlari: qonunchilik bilan aniqlangan talablarni hisobga olgan holda shtatni ta‘minlashdagi xarajatlarni minimallashtirsh;
Mahsulotlar assortimentini boshqarish bo‘yicha biznes-jarayonlari:
mahsulotlar assortimentini o‗zgartirib turib, maksimal foyda olish (mijozlarning talablarini bajarish haqida).
Bularga o‗xshash har xil masalalar biznes-jarayonlarining turli xil tarkibdagi xarajatli tovarlarni sotishda, rentabellikni va talab ko‗rsatkichlarini aniqlashda paydo bo‗ladi;
Materiallarni almashtirish yoki aralashtirish bo‘yicha biznes-jarayonlari:
masalan, tannarxni kamaytirish maqsadida materiallarni o‗zgartirish, sifatning zarur darajasini qo‗llab quvvatlashda va iste‘molchilar talablariga rioya qilishda; Chiziqli algebra masalasi– chiziqli tenglamalarni yechish.
Analitik guruhlar orasida optimizatorning o„rni. Excelning analitik usullar bankiga kiritilgan usullar orasida optimizator maxsus o‗rinn egallaydi. Uni matematik mazmunli, murakkab algoritmli hisobotlar va yechimlarni qo‗llab-quvvatlovchi analitik maqsadlar kabi boshqa usullar bilan taqqoslash foydalidir.
Поиск решения (Optimizator) instrumentidan Exceldan foydalanuvchilari keng foydalanadilar.
Optimizator tahlilning maxsus vositalariga tegishli bo‗lib, u ikki guruh kompyuterlashgan usullarga bo‗linadi:
―nima, agar‖ tamoyili bo‗yicha tahlil;
Поиск решения vositalari yordamida murakkab masalalarni yechish.
Ushbu usullarda ―nima, agar‖ tahlili, sezgirlik tahlili, maqsadli qidiruv tahlili va optimizatsion tahlillarga ajratiladi. Maqsadli qidiruv tahlili ―nima, agar‖ tahlili va sezgirlik tahlili yo‗nalishini o‗zgartiradi. Bitta o‗zgaruvchining o‗zgarishi boshqa o‗zgaruvchining o‗zgarishiga ta‘sir etishini kuzatish o‗rniga, maqsadli qidiruv tahlil o‗zgaruvchi uchun maqsadli qiymatni (maqsad) o‗rnatadi va bundan so‗ng maqsadli miqdorga erishgunga qadar ko‗p marotaba boshqa o‗zgaruvchini o‗zgartirib turadi. Shunday qilib, maqsadli qidiruv tahlili yechimni topishda muhim usul hisoblanadi. Optimallashtirish tahlili maqsadli qidiruv tahlilining kengaytirilgan kompleksi deyiladi.
|
| |