|
Optimizator hisobotlarining turlari
|
bet | 77/81 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 3,03 Mb. | | #123098 |
10.4. Optimizator hisobotlarining turlari
Optimizator quyidagicha deb ataluvchi uch xil turdagi hisobotlarni shakllantira oladi.
Результаты (Natijalar yoki Qisqacha hisobot); Устойчивость (Barqarorlik).
Пределы (Chegaralar).
Hisobot turini tanlash taklifi masalani yechish oxirida Результаты поиска решения (Yechimni qidirish natijalari) muloqot oynasida paydo bo‗ladi. Bunda har xil dastlabki takliflarni kiritish va ularning bir nechta versiyalarini sharhlash uchun natijalar seriyalarini nomlangan ssenariyalar shaklida to‗plash imkoniyati mavjud.
Natijalar bo„yicha hisobot. Результаты (Natijalar bo„yicha hisobot – Qisqacha hisobot) optimizatorning ishlashigacha qadar va ishlaganidan so‗ng yechimning katakchalardagi qiymatlarini ko‗rsatadi, ishlatilmagan resurslarni akslantiradi, har bir katakcha uchun chegaraviy shartlarni aniqlaydi.
Natijalar bo‗yicha hisobot turi 10.3-rasmda keltirilgan. Natijalar bo‗yicha hisobot jadvallar deb ataluvchi uchta bo‗limdan iborat. 1-jadvalda maqsad funksiyasi haqidagi ma‘lumotlarni keltiradi. 2-jadvalda o‗zgaruvchilarning optimal yechimdagi qiymatlari keltiriladi. 3-jadval chegaralar va chegaraviy shartlar uchun olingan optimal yechimning natijalarini ko‗rsatadi. 3-jadvalning dastlabki ikkita kataklarini tushuntirish talab qilmaydi (Ячейка - Katakcha va Имя – Katakcha nomi). Uning har xil tillardagi versiyalarining mazmunini tushunish uchun jadvalning oxirgi to‗rtta kataklarining ingliz va ruscha nomlarini birlashtiramiz, bunda quyidagi ko‗rsatkichlar akslantirilgan:
|
| |