|
Optimizatorni yuklashning xususiyatlari
|
bet | 75/81 | Sana | 18.12.2023 | Hajmi | 3,03 Mb. | | #123098 |
Optimizatorni yuklashning xususiyatlari. Zarurat bo‗lgan hollarda optimizatorni qo‗shimcha yuklash mumkin. Ma‘lumki, elektron jadvallarni kompyuterga o‗rnatganda ushbu murakkab vositalarning zarurligini aniqlash kerak.
Biroq, Excelning barcha instrumentlari kompyuterga to‗liq o‗rnatilganda ham optimizator Excelning buyruqlari va menyu optsiyalarida paydo bo‗lmasligi mumkin. Undan foydalanishdan oldin qo‗shimcha chaqirishga to‗g‗ri keladi. Qo‗shimcha chaqirishda optimizatorni chaqirish buyrug‗i Данные menyusida paydo bo‗lishi kerak.
10.2. Excel optimizatori uchun biznes-jarayonlari masalasining qo„yilishi
Faraz qilaylik, avtomobil zavodi to‗rt xildagi W, X, Y, Z (Xat, Sedan, Jip, Vagon) avtomobillarni ishlab chiqaradi. Har oyda zavod kamida 1000 ta avtomobillarni chiqarishi mumkin (bunda har bir xilidan 100 tadan kam bo‗lmagan miqdorda). Bir oy mobaynida zavodning 1000 ta ishchilarining har biri 150 soatdan ishlaydilar. Zavod bir oyda avtomobillarni ishlab chiqarish uchun kamida 900 tonna po‗lat sarflashi mumkin.
Bundan maqsad shundan iboratki, avtomobillarning har bir modelidan tanlab shunday assortimentli va shunday miqdorda ishlab chiqarish kerakki, natijada u korporatsiyaga maksimal foyda keltirsin. Ayni paytda resurslarni, ya‘ni vaqtni, zavoddagi ishlab chiqarish quvvatlarini va xomashyoni (po‗latni) tejash zaruriyatini saqlash lozim.
Hisob-kitoblar asosida ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy rejalashtirish bo‗limi tomonidan ishlab chiqilgan me‘yorlar yotadi. Ushbu me‘yoriy ma‘lumotlar ushbu jadvalda keltirilgan.
Mahsulot modeli
|
Po„latni sarflash miqdori
|
Vaqtni sarflash me‟yorlari
|
Bir-birlik mahsulotdan olinadigan foyda
|
W (Xat)
|
0,76
|
80
|
625
|
X (Sedan)
|
1,00
|
130
|
825
|
Y (Jip)
|
0,72
|
110
|
600
|
Z (Vagon)
|
1,50
|
140
|
1200
|
Optimallashtirish masalasida mavjud ma‘lumotlar to‗plami va ularning mazmunini ko‗rib chiqaylik:
avtomobillarning har bir modeli turi – bu W, X, Y, Zo‗zgaruvchilar; resurslar bo‗yicha limit – bu asosiy chegaraviy shartlar; korxona quvvatlari va dilerlar buyurtmalari – bu avtomobillarni ishlab
chiqarishning quyi va yuqori chegaralari (qo‗shimcha chegaraviy shart); maksimal foyda – bu maqsad funksiya; maksimal foydaga erishtiruvchi shunday miqdorda ishlab chiqariladigan
modellar va buyurtmalar soni – bu masala yechimi.
Chegaraviy shartlarni muhokama qilamiz va biroz soddalashtiramiz. Birinchi chegaraviy shart
W X Y Z 1000
ko‗rinishida bo‗ladi.
Lekin ma‘lumki, zavod kamida 500 dona avtomobil ishlab chiqarishi kerak, shuning uchun ikkinchi chegaraviy shart
W X Y Z 500
ko‗rinishida bo‗ladi.
Metall sarfi bir oyda 900 tonnadan oshmasligi kerak, shuning uchun uchinchi chegaraviy shart shartli ravishda quyidagicha yoziladi:
( W metall) + (X metall) +(Y metall) + (Z metall) 900.
H ar oyda zavod ishchilari sarflaydigan soatlar miqdori 150000 dan oshmasligi kerak, ya‘ni to‗rtinchi chegaraviy shart shartli ravishda quyidagi ko‗rinishga ega: (W soatlar) + (X soatlar) +(Y soatlar) + (Z soatlar) 150000.
Shunday qilib, quyidagi chiziqli tengsizliklar tizimiga ega bo‗lamiz:
W X Y Z 1000,
0,76 W X 0,72 Y 1,5 Z 900,
80 W 130 X 110 Y 140 Z 150000,
W X Y Z 500.
Shuni aytish kerakki, W, X, Y, Z 0 shartlarini keltirmadik, chunki jadval
protsessorlari o‗zgaruvchilarni musbat haqiqiy sonlar deb faraz qiladi.
Avtomobillarnig har bir modeliga qo‗yiladigan qo‗shimcha chegaraviy shartlar talab bilan bog‗liq bo‗lib, dilerlarning barcha buyurtmalari orqali ifodalanadi va ushbu misolda sodda ravishda aniqlangan: dilerlar har bir turdagi avtomobildan kamida 100 dona va ko‗pi bilan 700 dona avtomobillarga buyurtma beradi. Haqiqiy sharoitda avtomobillarning har bir modeliga turlicha buyurtmalar bo‗lishi mumkin. Bunda buyurtmaning quyi chegarasi dilerlar punktining zararsiz nuqtasi bilan bog‗liq, yuqori chegara esa mumkin bo‗lgan maksimal talab bilan bog‗liq bo‗ladi.
|
| |