• Параметры Excel
  • Excelning instrumental vositalari




    Download 3,03 Mb.
    bet76/81
    Sana18.12.2023
    Hajmi3,03 Mb.
    #123098
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
    10.3. Excelning instrumental vositalari
    E xcelda ushbu vositalarni Данные Поиск решения buyrug‗i yordamida topish mumkin. U 10.1-rasmdagi ko‗rsatilgan muloqot Поиск решения oynasini ochadi.

    10.1-rasm. Optimizatsion masalani aniqlash: 1-maqsad funksiya joylashuvchi katakchani aniqlash; 2-o‗zgartiriladigan katakchalarni aniqlash; 2, 3, 4 – chegaraviy shartlarni kiritish; 6-alfavit bo‗yicha joylashtirilgan chegaraviy shartlarning ro‗yxatini kiritilishini nazorat qilish; 7 – masalaning aniqlanishi tugagach, hisob-kitobni initsializatsiyalash
    Agar ushbu buyruq menyuda yo‗q bo‗lsa, unda Excelning asosoiy menyusidan Параметры Excel tanlanib, undan Надстройки ga murojaat qilinadi va qo‗shimcha nadstroykalar ro‗yxatidagi Надстройки Excel tanlanib, Перейти... knopkasi bosiladi. Ochilgan oynada Поиск решения chap tomonda joylashgan katakcha belgilanadi. OK knopkasi bosilgandan so‗ng, Данные menyusiga qaytadan murojaat qilinadi, bunda Поиск решения paydo bo‗ladi.
    Excel dasturida optimizatorning instrumental vositalari uchta muloqot oynalari va ularning elementlari bilan tasvirlanadi:

    • Поиск решенияda (Поиск решения parametrlari) muloqot oynasi kiritilgan;

    • Добавить ограничения (Chegaraviy shartlarni kiritish yoki qo„shish);

    • Изменяемые ячейки (Поиск решения natijalari chiqadigan yacheykalar).

    Dastlabki ikkita oyna fodalanuvchi tomonidan chaqiriladi va jadvalga ma‘lumotlarni hamda hisob-kitoblar formulalarini kiritgandan so‗ng masalaning asosiy bosqichlarida qo‗llaniladi, ya‘ni tayyorlov bosqichi davomida. Texnologiyaning kuniy bosqichga o‗tishda avtomatik tarzda uchinchi oyna ochiladi (Поиск решения natijalari).
    10.1-rasmda jadvalga kiritilgan masalaga mos ma‘lumotlarni va hisoblash formulalarini kiritilib, tayyorlov bosqichi bajarilgandan so‗ng Поиск решения muloqot oynasining ko‗rinish berilgan. Xuddi shuningdek muloqotning asosiy bosqichi ham bajarilgan ya‘ni, maqsad funksiya katakchasi, o‗zgartiriladigan katakchalar hamda chegaraviy shartlar formulalari kiritilgan. Piktografik knopka bo‗yicha Выполнить knopkasini bosib, optimal yechimni qidiruvchi dasturni faollashtirish zarur.
    Quyida optimizatorning muloqot oynasining optsiyalari haqida qisqacha tushuntirishlar keltirilgan.
    Установить целевую ячейку (Maqsad funksiya joylashuvchi katakchani o„rnatish). Ushbu maqsad funksiya katakchasining qiymatini optimallash (maksimallashtirish, minimallashtirish, istalgan sonli qiymatga tenglashtirish) kerak. Odatda ushbu katakchada foydalanuvchi kiritgan formula saqlanadiva u o‗zgaruvchan katakchalarga murojaat qiladi. Agar ushbu katakchada formula emas, balki son (qiymat) turgan bo‗lsa, unda uni o‗zgaruvchi sifatida aniqlash lozim. Bizning misolimizda bu katakchada formula joylashgan, ya‘ni G5 katakchasi bo‗ladi.
    Tegishli ekstremum qiymat (maksimum yoki minimum) o‗zgartirgich yordamida aniqlanadi.
    Изменяя ячейки (Katakchalarni o„zgartirish yoki O„zgaruvchilar). Ushbu katakchalarning qiymatlari optimizator dasturi bilan optimal yechimni qidirishda avtomatik ravishda o‗zgaradilar. O‗zgaruvchilar ahamiyatga ega qiymatlarga ega bo‗lishlari kerak. ular formulalar, sanalar yoki matn bo‗la olmaydilar. Ularni o‗zgarishdan himoya qilib bo‗lmaydi, aks holda ular masalani yechish jarayonida qatnasha olmaydilar. Masalaning yechimiga ta‘sir etish uchun o‗zgaruvchilar
    (bevosita yoki bilvosita) masala yechimi va chegaraviy shartlar bilan bog‗langan bo‗lishlari shart.
    Ограничения (Chegaraviy shartlar). Bu chegaraviy shartlar o‗zgaruvchilar va yechim katakchalariga tegishli bo‗ladi. Optimizatorning avvalgi versiyalarida 200 ga yaqin asosiy chegaraviy shartlar (har bir 100 ta o‗zgaruvchilar uchun quyi va yuqori chegaralar) aniqlangandi. O'zgaruvchilarning ba‘zi bir chiziqli kombinatsiyasi uchun yuqori yoki quyi chegaralar aniqlanishi lozim. Chegaraviy shartlarni qo‗yish Добавить (Qo„shish) knopkasini bosish bilan amalga oshiriladi. Bu oyna (10.2rasm) uchta qismdan iborat bo‗lgan masaladagi birorta chegaraviy shartni aniqlashni taklif etadi:

    Chegaraviy shartlar katakchalari (formulaning chap qismi);
    Munosabat operatori (o‗rta qismi);

    • kichik yoki teng (< =),

    • teng (=),

    • katta yoki teng (> =),

    • butun (целое);

    Chegaraviy shartning qiymati (formulaning o‗ng tomoni), bunda son va katakchaning manzili bo‗lishi mumkin. Manzilni foydalangan holatda chegaraviy shartning uchinchi qismi katakchasida faqat son bo‗lishi mumkin (formula kiritilmaydi).
    Chegaraviy shartlarni kiritishni davom ettirish uchun Добавить knopkasi ishlatiladi. Bunda oyna berilgan axborotdan tozalanadi, ya‘ni uni yangi chegaraviy shartlarni kiritishga tayyorlaydi. Oxirgi chegaraviy shartni kiritgandan so‗ng OK knopkasini ishlatish kerak, u Поиск решения muloqot oynasining ko‗rinishini avvalgi holatiga keltiradi. Bunda barcha kiritilgan chegaraviy shartlarning aylanuvchi

    10.2-rasm. Yuqorida: ―Поиск решения parametrlari‖ muloqot oynasi (avvaldan o‗rnatilgan), dialog oynasining ―Поиск решения‖ ning ―parametrlar‖ tugmasini bosish bilan oluvchi. Pastda: optimallanuvchi masalani yechishning yakuniy bosqichi.
    Yuqoridagi 10.2-rasmda ПараметрыParametrlar (yoki yechimini qidirish parametrlari) keltirilgan. Bunda hisob-kitobni tezlashtiruvchi va yechimning haqiqiyligini oshiruvchi, optimallashtiruvchi usul va optimizator parametrlari moslashtiradi. Parametrlarga quyidagi qo‗shimcha buyruqlar berish mumkin:

    optimal yechimini qidirish davomiyligi (sekundlarda); iteratsiyalar soni; aniqligi; optimizatsiya usullari - chiziqli (tezkor yechimni topish) yoki chiziqsiz;
    iteratsiyalarni nazorat qilish bosqichlari (agar foydalanuvchi har bir
    o ‗zgarishdan so‗ng jarayonni to‗xtashni va oraliq natijalarini tekshirishni xohlasa); optimizatorning tajribali foydalanuvchisi iteratsiyalarni har xil usullarini
    berishi mumkin.
    Параметры vositalarida amaliyotlar uchun har bir optimizatsion modelni (Сохранить модель Modelni saqlash) saqlashning juda bebaho imkoniyati mavjud va ilgari saqlangan modelni (Загрузка моделиModelni yuklash) chaqirish (yuklash) imkoniyati mavjud.
    ОтменаBekor qilish. Agar siz avvaldan o‗rnatilgan parametrlarni o‗zgartirgan bo‗lsangiz, Параметры menyusining dastlabki parametrlarini qaytadan tiklab beradi.
    ВосстановитьTiklash. Восстановить jadval modelidagi barcha
    katakchalardagi boshlang‗ich qiymatlarini tiklaydi, ya‘ni yechimini qidirishgacha mavjud bo‗lgan qiymatlarni.
    РешениеYechish (Tenglamani yechish). Odatdagi OK knopkasini o‗rnida keluvchi ushbu knopka optimizator bilan asosiy muloqot tugagach, hisoblashlarni boshlanishini faollashtiradi, ya‘ni optimizator dasturini ishga tushiradi.
    ВыходChiqish. Optimizator bilan muloqotni to‗xtatish.
    Yakuniy bosqichda dastur optimal yechimning topilgani yoki uning olib bo‗lmasligi haqida axborot beradi (10.3-rasmga qarang). Bunda foydalanuvchidan yechim haqida hisobotni ishchi jurnalning biror varag‗ida yozib qo‗yish lozimmi yoki yo‗qmi, shu talab qilinadi. Aylanuvchi ro‗yxatda uch xil hisobot tavsiya etiladi: natijalar, barqarorlik, chegaralar to‗g‗risida.
    Keltirilgan hisobotlarning har birini alohida chop etib tahlil qilish mumkin. Buning uchun Excel dasturida Файл menyusidan Печать buyrug‗iga kirish lozim. U erda Предварительный просмотр (Oldindan ko„rish) buyrg‗i yordamida masalani yechimlarining qog‗ozda qanday joylashishini, bitta varaqqa yoki bir necha varaqqa joylashishi, masala yechimining diapazonlari, faylning nomi, yaratilish sanasi va vaqti, ishchi kitobning nomi va boshqa parametrlarni kiritish imkoniyati mavjud.
    Bundan tashqari yechimning necha nusxada bo‗lishi, kitob yoki albom shaklida chop etish kabi parametrlarni o‗rnatish mumkin.




    1. 3-rasm. Excel vositalari bilan yechilgan optimizatsion masalaning yakuniy bosqichi. Excel optimizatori bilan avtomatik tarzda tuzilgan bitta masalaning yechimi natijalari haqida standart hisobotlar.


    Download 3,03 Mb.
    1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




    Download 3,03 Mb.