D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov




Download 0.9 Mb.
bet6/71
Sana17.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#52112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari
111, Abduqaxorova Nazira Erolboevna 02, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, 1-LABORATORIYA, 1670354799, 1680159573
1-jadval
Respublika yer fondining yer toifalari bo’yicha taqsimlanishi
(2012-yil 01.01 gacha bo'lgan holati)

T/r

Yer toifalari

Jami maydon

Shundan sug'oriladigan

ming, ga-

Jami yerga nisbatan foizi

ming, ca.

Jami yerga nisbatan foizi

1.

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar

22259,2

50,12

4210,9

9,48

2.

Aholi punktlarining yerlari

234.9

0,53

48.5

0.11

1-jadvalning davomi

3.

Sanoat transport!, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga nio’ljallangan yerlar

1965,1

4,42

12,1

0,03

4.

Tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish. rekreatsiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar

72,2

0,16

0,6

0

5.

Tarixiy-madaniy ahainiyatga molik yerlar

0.4

0,001

0

0

6.

0‘rmon fondi yerlari

«661,1

19,50

26.7

0.06

7.

Suv fondi yerlari

813,6

1,83

4,5

0,01

8.

Zaxira yerlar

10403,8

23,43

2,0

0

Jami yerlar

44410,3

100

4305,3

9,69

Jadvaldagi ma’lumotlardan ko'rinadiki, umumiy yer maydo- nining 50,12 foizini qishloq xo'jalik yerlari. ya’ni qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadigan korxona, muassasa va tashkilotlar yerlarini tashkil qiladi. Olib borilayotgan yer hisobi shuni ko'rsatadiki, O'zbekistonda 2012-yil sug'oriladigan yer maydoni 4305,3 ming gektar bo'lib, umumiy maydonning 9,69 foizini tashkil etadi. Ushbu maydonlardan olinayotgan qishloq xo'jalik mah.sulotlari umumiy qishloq xo'jalik mahsulotlarining 100 foizini tashkil etadi. Shu sababli ham ishlab chiqarish manbalarini jadal rivojlantirishda sug'oriladigan yerlardan to'g'ri va oqilona foydalanishni yo'lga qo'yish katta ahamiyat kasb etadi. Yagonayer fondi nafaqat foyda- lanish maqsadlari bo'yicha, balki har bir yerdan foydalanuvchilar bo'yicha ham ajratiladi.


Respublikamizda hozirgi kunda asosiy yerdan foydalanuvchilar — jamoa, kooperativ (shirkat) xo'jaliklari, fermerva boshqa qishloq xo’jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, sanoat, transport va boshqa noqishloq xo'jalik korxonalari, muassasalari, qo'shma korxonalar hamda alohida fuqarolar hisoblanadi. Shunday ekan, yer kadastri yordamida yer fondining yerdan foydalanuvchilarning guruhlari bo'yicha ham ulaming taqsimlanishi to'g'risida ma’lu- motlar berishi kerak. Yerdan foydalanuvchilar guruhlari bo’yicha tavsiflar olish uchun yer kadastri har bir yerdan foydalanuvchi uchun alohida yuritilishi lozim. Shu sababli asosiy yer kadastri birligi — bu yerdan foydalanuvchi subycktdir. Yerdan foydalanish — bu yagona davlat yer fondining tarkibiy qismini tashkil etgan, ma’luni bir yerdan foydalanuvchiga qat’iy belgilangan maqsadlarda davlat tomonidan berilgan hududdir.
Yerdan foydalanuvchi subyekt ma’lum maydon, joydagi o‘rni, shakli va doimiy chegarasiga ega.
Yerdan foydalanuvchi subyektga yer berish va yer ajratish asosida amalga oshiriladi. Yer uchastkalarini foydalanish uchun ajratish yer qonunlari hujjatlarida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasining qarori, viloyat, tuman va shahar hokimiyatlarining qarorlariga asosan amalga oshiriladi. Yerdan foydalanuvchilar yer uchastkasidan me’yoriy hujjatlarda belgilangan asosiy maqsadlar bo‘yicha foydalanishlari zarur. Berilish muddatlariga qarab yerdan foydalanish ikki turga bo‘linadi: doimiy va vaqtinchalik. Oldindan muddati ko‘rsatilmasdan berilgan yerlar muddatsiz yoki doimiy foydalanishdagi yerlar deb e’tirof ctiladi.
Yerdan muddatli foydalanish qisqa muddatli uch yilgacha va uzoq muddatli — uch yildan o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish ehtiyojlari talab qilgan hollarda bu muddatlar mos ravishda qisqa muddatli yoki uzoq muddatli davrga uzaytirilishi mumkin. Yaylov chorvachiligi uchun yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi korxonalariga 25 yilgacha muddatga berilishi mumkin.
Berilgan sharoitiga qarab yerlar birlamchi va ikkilamchi yerdan foydalanishga ajratiladi. Birlamchi foydalanish to“g‘ridan-to‘g‘ri davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratiladi. Bularga jamoa xo‘jaliklari, kooperativlar (shirkatlar), boshqa qishloq xo'jalik kor- xonalari, sanoat korxonalari, transport muassasalari, o'rmon xo*ja- liklari va boshqalar kiradi.
Birlamchi yerdan foydalanishda qonunda ko‘zda tutilgan tartibda tomorqa uchastkalariga ikkilamchi tartibda yer berilishi mumkin. Bunda shirkat (jamoa) xo‘jaligining yerlaridan ikkilam­chi foydalanish uchun yer maydonlari, xo'jalik a’zolarining umu- miy majlis qaroriga, asosan, boshqa yerdan foydalanuv chilarga yerlar — mahalliy hokimiyat qarori bo'yicha beriladi.
Muddatsiz yerdan foydalanish uchun yerdan foydalanish hu- quqlarini beruvchi davlat dalolatnomasi bilan tasdiqlanadi. Davlat dalolatnomasiga binoan qishloq xo‘jalik korxonaiariga biriktirilgan yerlar jamoa yeriariga va tomorqa yerlariga bo‘linadi. Tomorqa yerlari joylarda jamoa yerlaridan ajratiladi. Qishloq xo‘jalik korxonalari a’zolari, qishloq joylarida istiqomat qiluvchi ishchilar, xizmatchilar va boshqa fuqarolar tomorqa yerlari maydoni yer kadastri kitobida hamda qishloq fuqarolar Kengashining xo'jalik daftarlarida qayd qilgan holda rasmiylashtiriladi. Yer maydonlaridan vaqtinchalik foydalanish davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan rasmiylashtiriladi.
Yerdan foydalanish yer kadastrining asosiy birligi sifatida o’z mazmuniga qarab turlicha bo'lib, foydalanish tavsifi bo’yicha farqlanuvchi turli tabiiy-tarixiy xususiyatlarga ega bo‘lgan yer uchastkalarining yig'indisidan iborat. Bular yer turlarini tashkil etadi. Yer kadastri yerdan foydalanuvchi chegarasida yerlar turlari bo'yicha yuritiladi. Shu sababli yer turi yer kadastrining asosiy element! hisoblanadi. Turlicha tabiiy xususiyatlarga ega bo’lgan, aniq btr ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladigan yer uchast- kalari yer turlari deb e’tirof etiladi.
Yer turlarini tasniflashda ayniqsa qishloq xo'jalik yer turlarini ajratish muhimdir. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda bevosita foydalaniladigan yer turlariga qishloq xo‘jalik yer turlari deb e’tirof etiladi. Bularga haydalma yerlar, ko‘p yillik mevali daraxtzorlar, yaylovlar, pichanzorlar va bo‘z yerlar kiradi.
Qishloq xo'jaligida bevosita foydalanilmaydigan yer turlari bo‘yicha ham alohida hisob yuritib boriladi. Bular o'rmonlar, botqoqliklar, ko'llar, yo*l vayo‘laklar, qurilishlar, hovlilar, ko‘cha- lar, maydonchalar bilan band yerlar, qumiiklar va qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan boshqa yerlardir.
Qishloq xo'jalik ekinlarini ekish maqsadida tizimli tarzda muntazam foydalanadigan yer turi haydalma yerlardir. Bunga ekilgan ko‘p yillik o‘tlar va dam berish uchun qoldirilgan shudgor yerlar ham kiradi. Pichanzor va yaylovlarni yaxshilash maqsadida haydalib, chorva uchun ekilgan o‘tlar va daraxtlar orasiga ekilgan maydonlar ekin yerlariga kirmaydi. Sun’iy ravishda yaratilgan
mevali ko'p yillik daraxtzorlar, butazorlar yoki o'tsimon ko'p yillik o‘simliklar, mahsulot beradigan dorivorva texnik daraxtzorlar ko'p yillik daraxtzorlar deb yuritiladi. Ularga bog'lar, tokzorlar. tutzorlar va mevali ko'chatzorlar kiradi. Meva hosilini olish uchun ekilgan ko'p yillik daraxtzorlar bog'larni tashkil etadi. Tokzorlar - uzum olish maqsadida ekilgan ishkomlardir; tutzorlar — ipak qurtini boqish uchun ekiladigan tut plantatsiyalari; mevali ko'­chatzorlar — ko’p yillik madaniy mevali daraxt ko'chatlarini yetishtirish uchun foydalaniladigan yerlar tarkibiga kiradi.
Muntazam ekin ekib kelingan, ammo bir yil (kuzdan kuz- gacha) va undan ortiq davrda haydalmagan va foydalanilmay qolgan yerlar bo'z yerlardir. Chorva mollari uchun dag'al xashak sifatida uzluksiz pichan o'rib turiladigan qishloq xo'jalik yerlari pichanzoriar deb ataladi. Ko'proq pichan o'rib olish maqsadida holati yaxshilangan pichanzoriar ham mavjud. Qishloq xo'jaligida chorva mollarini uzluksiz boqish uchun foydalaniladigan yerlar yaylovlardir. Yaylovlar, asosan, tubdan yaxshilangan, madaniy, tog' chorva mollari o'tlaydigan, suv bilan ta’minlangan turlariga ajratiladi. Tubdan yaxshilangan yaylovlar - chorva mollari iste’mol qiladigan tabiiy o'simlikiarni boyitish maqsadida maxsus o't urug'lari sepilgan hamda saksovul va butazorlar tashkil qilingan yer maydonlari; madaniylashgan yaylovlar - zaruriy tartibda ishlov berilgan, doimo o'g'illatib, chorva mollari uchun o't o'sishi yaxshilangan vaqti-vaqti bilan chorva mollari o'tlatiladigan yaylov­lar; tog' yaylovlari — tog'lik yerlarda joylashgan yaylov yerlar; chorva mollari o'tlatiladigan yaylovlar — xo'jalik markazidan uzoq muddatga (butun mavsum davomida) chorva mollarini o'tlashi uchun ajratilgan yaylovlar; suv bilan ta’minlangan yaylovlar - mavjud chorva mollarini suv iste’moli bilan ta’minlay oladigan, suv manbasiga ega bo'lgan yaylovdir.
Daryolar, ko'llar va kanallar at rofida joylashgan yaylovlar ham suv bilan ta’minlangan hisoblanadi.
O'rmon fondi yerlari — o'rmon daraxtlari bilan qoplangan, shuningdek. o'rmonga qo'shilmagan yakka daraxtlar, jarliklar atrofiga ekilgan daraxtlar, qiyalik, balandlik, daryo qirg'oqlariga suv havzalari atroflariga qumliklar yonlarida, o'rmon-bog' yerlari.
o'rmon ko'chatzorlari, shuningdek, daraxtlari kesib olingan o'rmon yerlari, ochiq qolgan yerlar, siyraklashib qolgan o'rmonlar, yog'och kesish uchun ajratilgan yerlar va yong'indan nobud bo'lgan (yon- g'inga uchragan) o'rmon ko'chatzorlari yerlaridir. O'rmonzorlar uchun ko'chat yetishtirishga ajratilgan yer maydonlari o‘rmon ко' chatxo nasid i r,
O'rmon uchun ko'chatzorlar: urug'likdan olinadigan ko'- chatzor, ko‘chat ekish uchun yer bo‘limlari birlamchi (bosh- ]ang‘ich) ko‘chat ekish yerlari, ko'kargan qalamchalar va qalamcha qilib ekiladigan ko'chatzor bo'limlariga bo'linadi,
Ihota daraxtzorlari — almashlab ekish maydonlarini shamoldan to'sish, sug'oriladigan va qurilish inshootlari ta’sirida tuproq eroziyasidan saqlash, qurg'oqchilikdan va boshqa tabiiy noqulay- liklardan asrash maqsadida ekiladigan o'rmon daraxtzorlaridir. Botqoqlik — yerosti suvlarining ko'tarilishi hamda yog'ingarchilik natijasida tuproqning ustki qatlami sernam bo'lib ketgan yerlardir. Jarliklar — yer qatlamining eroziya ta’sirida yomon joylashganligi yoki tuproq quyi qatlamlarining genetik holati va qiya kesikligi bir metrdan ortiq bo'lgan yerlardir. 2-jadvalda respublika viloyatlari bo'yicha asosiy yer turlari maydonlarining taqsimlanish ma’lu- motlari keltirilgan.
Jadvaldagi ma’lumotlardan ko'rinadiki respublikamiz bo'yi- cha asosiy qishloq xo'jalik yeri hisoblangan haydalma yerlar 4056,6 ming ga ni, yaylov va pichanzorlar esa 22263,4 ming ga dan iborat. E’tirof etish joizki, keying! yillarda mamlakat yer fondida bo‘z yerlarning maydoni asossiz ravishda oshib ketmoqda. Olingan ma’lumotlarga qaraganda, agarda 2006-yilda bo'z yerlar maydoni respublikamiz bo'yicha 53,6 ming ga ni tashkil etgan bo'lsa, 2012 yilga kelib 80,7 ming ga dan iborat bo'lgan. Tomorqa yerlari bilan 651,4 ming ga, o'rmonlar va butazorlar bilan 1511,9 ming ga, meliorativ tayyorgarlikdagi yerlar bilan 79,3 ming ga maydon egallangan.
Ma’lumki, har bir yer turi alohida konturlardan iborat. Kontur deb, odatda, bir xil yer turiga hamda yopiq tashqi chegaraga ega bo'lgan maydon tushuniladi. U ma’lum bir maydon va aniq bir xo'jalik ahamiyatiga egaligi bilan tavsiflanadi. Konturlarning

Download 0.9 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Download 0.9 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov

Download 0.9 Mb.