• Mamlakatning davlat geodezik tarmogini yerning sun’iy yoldoshi tizinii asosida barpo etish
  • Nishi у va absolut balandliklar




    Download 0.9 Mb.
    bet9/71
    Sana17.04.2023
    Hajmi0.9 Mb.
    #52112
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
    Bog'liq
    Davlat kadastri asoslari
    111, Abduqaxorova Nazira Erolboevna 02, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, 1-LABORATORIYA, 1670354799, 1680159573
    Nishi у va absolut balandliklar.
    Yer yuzasidagi nuqtalarning nisbiy vaziyatini to‘liq aniqlash uchun ularning qabul qilingan sathiy yuzadan balandligini ham bilish kerak. Nuqtalar balandliklarining bir-biridan farqi nisbiy balandlik deyiladi. В nuqtaning A nuqtaga nisbatan nisbiy balandligi kattalik, shu nuqtadan o'tadigan sathiy yuzalar orasida vertikal masofa bo'ladi (4-rasm).
    Kronshtadt fushtogining nomidan o'tadigan o'rtacha dengiz sathi sanoq olish uchun boshlang'ich sathiy yuza qabul qiiingan. Kronshtadt fushtogi noli orqali o'tadigan va fikran quruqlik ostida davom ettirilsa va bu sathiy yuzadan shu A va В largacha bo'lgan balandlik shu nuqtalarning absolul balandligi dcyiladi.
    Nazorai uchun savollar

    1. Koordinatalar sislemasi nima?

    2. Gauss-Kryuger proyeksiyasi deb nimaga aytiladi?

    3. Nisbiy balandlik deb nimaga aytiladi?

    4. Absolut balandlik deb nimaga aytiladi?

      1. Mamlakatning davlat geodezik tarmog'ini yerning
        sun’iy yo'ldoshi tizinii asosida barpo etish


    Tayanch iboralar:
    yer, sun’iy yo'Idosh, geodezik tarmoqlar, koordinata.
    So'nggi vaqtlarda O'zbekistonda ham Davlat geodezik tarmog'i Yer sun’iy yo'ldoshi tizimi bo'yicha barpo etilmoqda. Bu tizimni ba’zi adahiyotlarda dunyo miqyosiga kiruvchi mahalliy tizim ham deb yuritiladi.
    Yer sun’iy yo'ldoshi tizinii bo'yicha o'ta aniq o'lchashlar olib borilmoqda. Yerdagi punktning koordinatalari yer sun’iy yo'l- doshini kuzatish orqali aniqlanadi. O'lchash aniqligi bir necha millimetrgacha bo'lishi mumkin.
    Basharti, Yer sun’iy yo'ldoshi tizimini qo'llab, avval barpo etilgan geodezik tarmoqning punktlari asosida yangi Davlat geodezik tarmog'i yaratilsa, undan olinadigan aniqlik me’yoriy talabalardan past bo'ladi.
    Dunyo miqyosiga kiruvchi mahalliy tizimga muqobil Glonass tizimi ham mavjud. Ikki tiz.imning ham ishlash tamoyillari deyarli bir xil.
    Awalambor, mavjud geodezik tarmoq punktlarining koordina- talarini aniqlab, ularni tenglashtirib, tahlil qilib ko'rish kerak. So'ngra, o'sha punktlardan iborat tizimni yangi Yer sun’iy yo'l- doshi texnologiyasi asosida kuzatib yana alohida tenglashtirish ishlarini olib borish zarur. Ikkala variant natijalari solishtirilib ko'rilganda ba’zi nuqtalarning koordinatalaridagi farq, bir necha detsimetr yoki meirni tashkil qilishi munikin. Undan keyin esa, mavjud geodezik tarmoq punktlari va kadastiga zanir, deb loyiha- langan punktlarni Yer sun’iy yo'ldoshi texnologiyasi bo'yicha kuzatib, boshqatdan tenglashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu muhim ish bo'lib, unga ketadigan sarf-xarajatlami va olinadigan foydani asosli hisob-kitob qilishni taqozo etadi.
    Xalqaro talabiarga muvofiq, yangi texnologiyadan samarali foydalanish maqsadida, ayniqsa, yangi zamonaviy asbob-usku- nalarini yetarlicha ishlatish, ilmiy-tekshiruvni chuqurlashtirish uchun o'1c hash aniqligining hech bo'hnaganda ±10 mm atrofida bo'lishini ta’minlash kerak. Undan tashqari, ancha murakkab algoritmlarni qo'llagan holda, past aniqlikda bajarilgan geodezik o'lchashlami ham har tomonlama tahlil qilib, undan foydalanish yo'llarini ham o'ylab ko'rish zarur. Zero, ko'pgina mamlakatlarda ushbu usul yaxshi samara barayotganini hisobga ohnoq kerak.
    Dunyo miqyosidagi koordinatalar tizimi har bir punkt koordi- natalarini tezgina hisoblab berishi kerak. Lekin geodeziya sohasida ishlaydigan ko'pgina mutaxassislaming fikricha mavjud geodezik tarmoqlarning punktlaridan ham butunlay voz kechish shan etnas. Zero, shu paytgacha sohada ishlaydigan mutaxassislaming ko'pchiligi dala sharoitida barpo etilgan geodezik tarmoq punkt- lariga ozmi-ko'pmi o'rganib qolishgan. Undan tashqari, yangi texnologiyani u yoki bu sabablarga binoan tatbiq ctib bo'lmagan holatda eski tarmoq punktlarini asos qilib olib ham kadastr tasvirlovini bajarsa bo'ladi.
    QMT yigirma bir asosiy va uch yordamchi Ycrning sun’iy yo'Idoshlaridan iboral. Yo'ldoshlar Yer atrofida ollita orbita bo'yi- cha uchadi. Har bir orbita tekisligida to'rttadan yo'ldosh bor. Yo'ldoshlardan tarqaladigan signallar yerdagi tezkor qabul qurul- malari orqali qabul qilinadi.
    Ularning joylanish tartibi maxsus hisobiy holatlardan topiladi. Yo'ldosh orbitalarini nazorat qilib turish maqsadida beshta Yer nazorat stansiyalari mavjud. Stansiyalar yo'ldoshlardan kelayotgan signallami o'zgartarib yuborishi yoki kodlarini buzib ko'rsatishi ham mumkin.
    Amerika Qo'shma Shtatlarida, Germaniyada, Shvctsiyada signallami qabul qiluvchi qurilmalar priyomniklar ishlab chi- qariladi.
    Ular har xil bo'lib, turli ishlar uchun mo'ljallangan. Sodda- lashtirilgan turlari kema qatnovida, aniqroq ishlaydigani samolyotlarning ko'tarilishi. uchuvi va qo'nishida, o'ta aniq ishlaydigani geodezik punktlarni o'rnatishda qo'llaniladi. Tabiiy, murakkabligiga qarab bahosi ham har xil bo'ladi. Bir qabul qurilmasi bilan ishlaganga qaraganda, bir paytda ikki qurilma bilan ishlaganda aniq natija olinadi.
    Sababi, har bir qurilmaga yo'ldoshdan tarqalgan signallarning marom turtkisi va atmosfera la’sir ko'rsatadi. Agarda, ikki qurilma bir paytda ishlab tursa, unda o'sha nuqsonlar ikkala qurilmada ham bir xil bo'ladi.
    Shu bilan birga ikkala qurilmadan olingan nisbiy ko'rsatkichlar farqining aniqligi oshadi.
    Ikki yoki undan ko‘p qurilmalar bir paytda ishlatilganda, bir necha daqiqada olib borilgan kuzatuv natijasida qurilmalar o'matil- gan geodezik belgilarning koordinatalari bir necha santimetr aniqlikda olinadi.
    Basharti, o‘lchash aniqligini yanada oshirish kerak bo'lsa, unda ikki yoki undan ko'p ko'chmas qurilmalar bir paytda ishlatilib, o‘lchashga ketadigan vaqt 30 daqiqadan — to bir necha soatgacha davom etadi.
    O‘lchov natijalari tez fursatda qayta ishlanadi, so'ngra ular tartibga solinib tahlil qilinadi.
    Bu usul ko'p tarqalgan bo'lib, qit’alararo va mahalliy geodezik tarmoqlar, tayanch nuqtalarning plandagi holati, geodinamik ilmiy tckshiruv ishlarida qo'llaniladi.
    Лazorat uchun savollar

    1. Yerdagi punkt koordinatalari qanday aniqlanadi?

    2. QMT necha asosiy va yordamchi Yeming sun Чу yo'ldoshlaridan iborat? J. Yo ‘Idoshlar Yer atrofida nechta orhita bo “yicha uchadi?


      1. Download 0.9 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




    Download 0.9 Mb.