• Nazoral uchun savoiiar
  • 1.4. Xorijiy mamlakatlarda kadastr tuzish tajribalari Tayanch iboralar: - t
  • Germaniyada
  • Shvetsiyada
  • Ros- siyada
  • Kadastr xizniatini rivojlantirish muammolari va ulaming yechimi
  • D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov




    Download 0.9 Mb.
    bet7/71
    Sana17.04.2023
    Hajmi0.9 Mb.
    #52112
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71
    Bog'liq
    Davlat kadastri asoslari
    111, Abduqaxorova Nazira Erolboevna 02, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, 1-LABORATORIYA, 1670354799, 1680159573
    2-jadval
    Respublika viloyatlari bn'yicha yer turlari maydonlarining taqsimlanishi (2012-yil О LOI. ga bo'lgan holaii, mingga hisobida)

    Viloyathr

    Umu- miy maydon

    Shu jumUdan:

    Hay- dalnia yerlar

    Shun- dan su- g'ori- ladigan

    Ko‘p yilUk daraxt- zorlar

    Bo‘z yer­lar

    Yay- lov va pichan- zorlar

    Qishloq xo'jalik yerlari- ning jami

    Tomor- qa yerlari

    O‘nnon va buta- zorlar

    Meliorativ holati yax- shilanadi- gan yerlar

    Boshqa yerlar

    Qoraqalpo- giston

    16100.6

    419,2

    419.2

    12,0

    8.0

    4855,2

    5294.4

    44,6

    592,2

    27,1

    10142,3

    Andijon

    430,3

    199.1

    199,1

    28,4

    3,9

    21,6

    253.0

    52.2

    3,5

    1,9

    119,7

    Buxoro

    4193,7

    200.3

    200,3

    24.0

    5,2

    2685,1

    2914,6

    55.3

    232,5

    4,0

    987,3

    Jizzax

    2117.8

    477,5

    256,6

    18,6

    6.3

    739,0

    1241,4

    31,8

    173,3

    7.2

    664,1

    Qashqadaryo

    2856,8

    669,7

    417,7

    34.6

    23.5

    1503,2

    2231.0

    73.6

    109,8

    20.9

    421.5

    Navoiy

    10937.4

    112,6

    92,1

    10,6

    7.0

    10009,0

    10140.0

    20.3

    0,7

    2,8

    773.6

    Namangan

    717.5

    197.2

    197.2

    36,4

    3,3

    158.9

    395.8

    45.1

    24.6

    1,4

    250,6

    Samarqand

    1677,4

    477,4

    261,9

    53,3

    4,.5

    806,1

    1301.3

    85.1

    11.7

    4,5

    279,8

    Surxandaryo

    2009,9

    284,7

    245,6

    34,2

    1.7

    865,0

    1185.6

    58.2

    201,5

    0.2

    564,4

    Sirdaryo

    427,6

    256,2

    256.2

    7,4

    11.3

    23,6

    298.5

    18.8

    3,4

    4,6

    102,3

    Toshkcnt

    1513,2

    333,9

    298,9

    42,6

    0,8

    397,6

    774.9

    57,7

    81,1

    1.3

    548,2

    Faig'ona

    715.3

    256,3

    256,3

    36.9

    -

    26,0

    319.2

    66,9

    17,7

    1,5

    310,0

    Xorazm

    681,6

    212,5

    212,5

    13.7

    5.2

    172,3

    403.7

    41.5

    58.5

    1,9

    176,0

    Jami

    44410.3

    4056.6

    3313.6

    352,9

    80,7

    22263,4

    26753.6

    651.4

    1511.9

    79,3

    15414,1

    maydonlari qancha katta bo‘Isa, texnikadan samarali foydalanish shuncha qulay bo’ladi.
    Nazoral uchun savoiiar

    1. O'zbekistonda yer tuzish qaysi tamoyillar asosida amalga oshtriladi?

    2. Davfat yer kadastrini yuritish qanday antalga oshiriladi?

    3. Da vial yer kadastrining yagona tizimi qanday tashkil qUinadi?

    4. Davlal kadastrlarini yuritish tartiblari.

    5. O'zbekiston Respublikasi yer fondbiing qanchasim qishloq xoljalik yerlari tashkil qiladi?

    1.4. Xorijiy mamlakatlarda kadastr tuzish
    tajribalari

    Tayanch iboralar: -t
    yer sifali, ko'chrnas mulk, soliq, yerga egalik huquqi.
    Ko'pgina mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy omil- laridan biri — ularda mavjud tabiiy manbalardan oqilona foyda lanishdir. Yer ana shunday manbalarning asosiysidir. Yer haqidagi ma’lumotlarlardan foydalanish uni ng hosddorligini oshirish rejasini tuzishga, so‘ngra yer sifatining pasayib ketishining oldini olishga yordam beradi.
    Yer manbalaridan foydalanishning samarasini oshirish uchun u haqda quyidagi ma'lumotlarm yig'ish maqsadga muvofiqdir. Awalo, yerga egalik huquqi, undan foydalanish huquqining mavjudligi, yer va boshqa ko‘chmas mulkning bahosi, ulardan oiinadigan soliq miqdori, hatio, yer va ko'chmas mulk joylashgan mintaqaning rivojlanish rejasini tuzish — shular jumlasidandir.
    Yer va boshqa ko'chmas mulklar haqida ko'plab ma’himotlarni bir joyga yig'ish, ularni qayta ishlash, saqlash va zarur bo'lganda ulardan foydalanish muammolarini yechish maqsadida yer yoki ko'chmas mulk kadastri tizimi tuziladi. Hozirgi zamon kadastr tizimi har bir xorijiy mamlakatda o'z xususiyatlariga ega.
    Masalan, Fransiyani olib ko'raylik. Mamlakatda hammasi bo'lib 97 mln. yer uchastkalari (partsellalar) va 37 ming xususiy uylar, xonadonlar, do'kon, sanoat korxonalarining binolari bor.
    Shuning uchun Fransiyada awal soliq miqdorini aniqlash maq- sadida soliq (fiskal) kadastri tuzilgan.
    Fransiya yer kadastrining hozirgi vazifalari quyidagilardan iborat: kadastr planlarini tuzish, yer uchastkalariga egalik huquqini aniqlash, ularning maydonlarni o'lchash, yerni va boshqa ko'ch - mas mulkni baholash. Shularni hisobga olgan holda soliq miqdorini keltirib chiqarish.
    Kadastr faoliyati Tuluz shahrida joylashgan milliy kadastr xizmati tomonidan, Parijdagi Davlat kadastr hujjatlari xizmati idorasi va davlat departamentlarida joylashgan mintaqaviy soliq boshqarmalari tomonidan yuritiladi.
    Davlat kadastr hujjatlari xizmati idorasining faoliyati esa kadastr planlarini tuzish va ularni saqlashdir.
    Mintaqaviy soliq boshqarmasi esa mavjud ma’lumotlarni yan- gilab turish, zamon talablariga javob beradigan darajada saqlash va shu asnoda ko'chmas mulkni baholash va ularni soliqqa tortishdan iboratdir.
    Hozirda Fransiyada yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimi ishlab turibdi. Tizimga 5 mintaqaviy hisoblash markazi va 306 mahalliy kadastr byurosi kiradi.
    Bular, soliq boshqarmalarini o'zlarining ma’lumotlar banki- dagi kadastrga doir so‘nggi ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
    Umuman olganda, avtomatlashtirilgan tizimning asosiy vazi- fasi, barcha yer uchastkalari, ko‘chmas mulk obyektlari haqidagi ma’lumotlarni yig'ish, saqlash, uni qayta ishlashdan iboratdir.
    Ispaniyada kadastr ma’lumotlarini Ispaniya kadastr markazi tuzadi. Markazning asosiy vazifasi kadastr ma’lumotlarini yig'ish, qayta ishlash va ularni yangilab turishdan iborat. Kadastr ishla- rining mohiyati, asosan, kadastr xaritalarini aerofoto va fotogram- metrik tasvirlar asosida yaratish, yer uchastkalari (partsellalar) ning chegaralarini aniqlash, ularni raqamlash, mulk bahosini oshiradigan omillarni axtarib topib, uni asoslashdan tashkil topadi.
    Xaritalarni chizish, ularni yangilab turish ishlariga xususiy firmalarni jalb etish yaxshi natija berdi. Agar kadastr tuzishga 6 yil davomida davlat 1 mlrd. AQSH dollari sarflagan bo'lsa, keyingi, 3 yil davomida kadastrdan kelgan daromad 2.5 mlrd. AQSH dollarini tashkil ctadi.
    Hozirda Lspaniyada 23 mln. ko‘chmas mulk birligi bo'lsa, shundan 20 million! qishloq xo'jaligi uchastkalaridir. Uning 70 foizga yaqini yangilangan.
    Shaharsozlik kadastri ham tuzilgan. Har bir ko'chmas mulkka alohida hujjatlar joriy qilingan.
    Unda, binoning fotograliyasi, maydoni, necha qavatliligi, har bir qavatning chizmasi, xonadonning tavsifi, foydalanilmaydigan maydon, qachon qurilgani va shunga o’xshash boshqa iqtisodiy ma’lumotlar keltirilgan.
    Yer kadastrida esa yer uchastkasining amaldagi chegarasi, maydoni, ekin tun, hosildorligi ko‘rsatilgan. Bir yer uchastkasining kadastrini luzish, shahar sharoitida 20 AQSH dollarini, ekin maydoni uchun 9 dollarni tashkil etadi. Shundan xaritani qayta tuzishga 1.5 dollar sarflangan.
    Ispaniya kadastr tizimi uch bosqichga ega. Birinchisi - kadastr markazi. U mamlakatdagi barcha kadastr xizmatlarini boshqaradi. Asosan, kadastr modelini, me’yoriy hujjatlarni tayyoriaydi. Ikkin- chi bosqichda, provinsiyalardagi boshqarmalarda kadastr mar- kazidan olingan yo‘riqnomalarda ko'rsatilgan vazifalarni quyi tashkilotlarda bajarilishini ta’minlash turadi.
    Barcha ishlar uchunchi bosqichda, ya’ni munitsipal kadastr bo'limlarida bajariladi.
    Germaniyada kadastr ishlari yer kadastr boshqarmalari to- monidan bajariladi. Bunday boshqarmalar, odatda, ichki ishlar vazirligi yoki moliya vazirligi tarkibida bo'ladi.
    Kadastr xaritalari 1:5000-1:200000 nisbatlarda tuziladi.
    Mahalliy kadastr boshqarmalari o'zlariga ajratilgan hudud- lardagi mavjud yer va boshqa ko'chmas mulklarni hisobga oladi, ularni ta’riflaydi. Kadastr ma’lumotlari uzluksiz ravishda yangilanib turadi.
    Yer uchastkalari, ekin maydonlari va boshqa yerlaming tasviri yer tasvirlovi bo'limlari tomonidan bajariladi. Tasvirlov baholari yer va mulk egalaridan, jamoa tashkilotlaridan olinadi. Hozirda, Germaniya bajarilayotgan kadastr tizimini yanada mukamma- lashtirish masalasi ma’lumot banklaridagi barcha axborotlarni birlashtirishdan iboratdir.
    Yer va u bilan bog'liq bo’lgan barcha turdagi ko’chmas mulklarning hozirgi holati «Yer kitobi» da qayd qilinadi, mulk cgalarining faoliyati sir tutiladi.
    K.o‘pgina Yevropa mamlakatlaridagidek, Shvetsiyada ham kadastr ko’p maqsadlidir. Kadastr ma’lumotlari yer va boshqa ko’chmas mulk egalarining yerga va mulkka egalik huquqini maxsus mulkiy kitoblarda qayd qiladi, soliq miqdonni belgilaydi, undan tashqari davlatning yer manbalarining samarasini oshirish borasidagi siyosatiga xizmat qiladi.
    Shved, yer kadastri milliy yer xizmati tizimiga mansub. Bu tizim uch bosqichdan iborat bo'lib, markaziy boshqaruv, besh mintaqaviy boshqarma va yuzdan ortiq bo’limlardan iborat. So'nggi yiilarda milliy yer xizmati milliy kartografiya boshqarmasi bilan biriktirilib, yer kadastri tizimi tashkil qilindi.
    Yer kadastri masalalari qamroviga kadastr ma’lumotlarini to‘plash, ularni qayta ishlash, saqlash, mulkiy huquq, yer va mulkni soliqqa tortish vazifalaridan tashqari yer uchastkalarini shakllantirish, ularning tasvirlovini tayyoriash kabi ishlar ham kiradi.
    Shvetsiyada, dunyoda birinchilar qatorida yer kadastrini avto- m at lashtirish ishlari bajarildi. Hozirda mamlakatda avtomat- lashtirilgan holatda ishlaydigan Yer kadastri tizimi mavjud. Bunday tarzda tashkil qilingan ma’lumotlar banki mulkiy obyekt- laming hisobiy ro’yxatini tuzishga, soliqqa tortish tizimini oson- lashtirishga yordam beradi. Undan tashqari, shahar va deh- qonchilik hududiarim rivojlantirish rejalarini tuzishni ham oson- lashtiradi. Tizim hamma uchun ochiq. Barcha foydalanuvchilar uning xizmatidan, ma’lumotlaridan bahramand bo’lishi mumkin. Lekin, shunga qaramasdan tizimdagi ma’lumotlarni hech bir kimsa o’chirolmaydi yoki o'zgartira olmaydi. Bunday nomaqul- chiliklardan tizim kafolatlangan. Mukammal ishlab chiqilgan kafolat tadbirlariga qaramasdan yana bir qo'shimcha kafolat mavjud. U ham bo*lsa, barcha ma’lumotlar bankining dublikati, ya’ni asl nusxasiga teng kuchli boshqa bank nusxasi tayyorlangan.
    So’nggi yiilarda kadastr ishlarini bajarishda muhim o’zgarish ro‘y bcrdi. Kadastr xaritalarinmg raqam shakliga o’tishi bo’ldi. Bu yangilik mamlakatda geografik ma’lumotlarining bir butun shved tizimiga o’tishi bilan bir paytga to’g'ri kcldi.
    Daniyada tuzilgan Yer kadastri ham, boshqa mamlakatlarda- gidek, asosan, soliq tizimiga xizmat qiladi. Awalo, shuni ta’kidlash kcrakki, dehqonchilik yerlaridan olinadigan soliq ularning hosil- dortigiga bog’liq. Keyinroq barcha mulkiy obyektlar ham soliqqa tortildi.
    Obyekt bahosi esa kimoshdi savdosida aniqlanadigan bo’ldi.
    Hozirda kadastr tuzish ishlari avtomatlashtirilgan. Kadastrning barcha ma’lumotlari axborotlar magnit disklariga yoziladi. Mam­lakatda kadastr, yer mulki haqidagi ma’lumotlar, munitsipal ko’chmas mulk ro’yxati tuziladi.
    Daniya kadastri to’rt bo’limdan iborat:

    1. Yer uchastkalarining ro’yxati. Unda yer uchastkasining tartib raqami, maydoni, egalik guvohnomasining raqami, ularning holati, o’zgarishlar haqidagi ma’lumotlar, (yer uchastkalami bo‘- lish yoki ulami bir-biriga qo’shib olish kabilar).

    2. Kadastr xaritalari.

    3. Yer uchastkalarini o'lchash hujjatlari, ularning chegaralari haqidagi ma’lumotlar.

    4. Kadastr tasvirlovlari tarmoqlarini bog’lovchi nazorat nuqta- Jarining ro’yxati.

    Ko’chmas mulk bilan bog’liq barcha o’zgarishlar kadastrda o‘z aksini topadi. Bu ishlarga asos qilinib geodezik ishlarni bajarishga ruxsatnoma (litsenziya) si bor xususiy yer tuzuvchilar jalb qilinadi. Ko’chmas mulk egasi o’z mulkining tarkibida biror o’zgarish ro‘y bersa, u haqda kadastr bo'limiga o’zgarishlar haqida hujjat olib keladi va kadastr idorasi hujjatning to’g’ri ekanligiga ishonch hosil qilsa, u holda mulk egasining huquqi muhofaza qilinib, hisobiy kitoblarga o’zgartirishlar kiritiladi. Aks holda, hujjatlarni kadastr xizmati xodimlarining o’zlari tayyorlab, mulk egasiga yordam berishadi.
    Bulardan tashqari, hisob-kitobda shaxsning xususiy mulkka nisbatan cheklangan huquqi, shu jumladan, birovning ko’chmas mulkidan foydalanishning cheklangan huquqi (servitut), uni ga- rovga qo'yish kabi amaliyotlar ham ko'rsatiladi.
    Kadastr xizmati mamlakat markazidan uzoq bo'lgan minta- qalarda joylashgan 85 okrug sudlarida joylashgan bo‘lib. ularadliya vazirligi tarkibiga kiradi.
    Shuni alohida qayd qilish kerakki, tijorat maqsadlarida barpo etilgan bino va inshootlar kadastr hujjatlarida ko'rsatilgan yer uchastkalarining hisob raqami bilan belgilanadi. Ular haqidagi boshqa ma’lumotlar odaidagidek yoziladi.
    Avstriyada kadastrning qog'oz xaritalari allaqachon raqamli xaritalar bilan almashtirilgan. Mamlakatda kadastr ma’lumot- larini tuzadigan 100 ga yaqin tashkilot va ma’lumotlar bankidan bevosita foydalandigan 20 ming tashqi iste’molchi idoralar mav- jud.
    Finlyandiya kadastr xizmati ham raqamli xaritalardan foydala- nish asosida tuzilgan. Mamlakatda kadastr borasida yangi uslubni qo'llash asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Bu uslub nisbati 1:5000 bo'lgan, ortofotoxaritalardan foydalanishdir. Bunday xaritalarda joyning odatdagi tafsilotlari ifodalanib qoltnasdan, unda kadastrga xos va mos barcha ma’lumotlar beriladi.
    Amerika Qo‘shma Shtatlarida joriy qiiingan kadastr tizimining boshqa mamlakatlarda qabul qiiingan kadastr tizimidan asosiy farqlari quyidagilardan iborat:

    • mamlakatdagi mavjud yerlaming huquqiy bayoni. uiaming chegaralari, yer uchastkalarining bayoni davlat geodezik koordi- natalar tizimi asosida olib boriladi;

    • har bir ko'chmas mulkning bozor bahosi, uning qachon, qayerda, kirn tomonidan baholanganligi, awal kirn tomonidan, qanchaga sotib olingani, arcnda bahosi ko’rsaliladi;

    • mulkiy soliqqa tortiladigan ko‘chmas mulklarning qayerda, qancha borligi, soliq to'lovchilar haqidagi ma’lumotlar, uiaming manzilgohi, soliq miqdori kabi axborotlar beriladi;

    • yer uchastkalarining tavsifi, ularda boshqa bino yoki inshoot­laming mavjudligi, tabiiy tavsiflar, mulkning qayerda joylashganligi, bordi-yu agar yer dehqonchilikka mo'ljallangan bo'lsa. bir necha yildagi hosildorlik, agar u bino yoki inshoot bo'lsa, unda qurilish haqida barcha ma’lumotlar, yemirilish darajasi va h.k. barcha ishlar yuqori darajada — kompyuterlarda bajariladi;

    • mamlakat hududidagi tabiiy manbalarga kadastr tuzilgan. Ko'pgina shtatlarning hududlari infraqizil va qora-oq tasmalarda rasrni olinib, zamonaviy rangli xaritalar tuzilgan. Ortofologa katta ahamiyat berilmoqda.

    So'nggi o‘n yilliklarda ko'pgina mamlakatlardagi kabi Ros- siyada ham yer va boshqa ko’chmas mulklar haqida juda ko'p ma’lumotlar to'plangan va istc’molchilar ham kundan-kunga ko'paymoqda.
    Ko’chmas mulkka bo’lgan munosabatlarni quyidagi holatlarda ko‘rish mumkin:

    • yer va boshqa ko‘chma$ mulk egalarining egalik vaqtidagi va mulkning boshqa birovga o'tganligi munosabati bilan zarur bo’lgan mulkiy huquqni muhofaza qilish;

    • ko’chmas mulk bahosining uzluksiz o’zgarib turishi, ular haqidagi ma’lumotlarning soliq idoralari va boshqa idoralarga nihoyatda zarurligi:

    • yer haqidagi ma’lumotlarning jismoniy shaxslardan tortib, to ma’sul muassasalargacha bo’lgan yangi turdagi iste’mol- chilarining paydo bo’lganligi, garovga qarz beradigan banklaming mavjudligi;

    • atrof-muhitning kundan-kunga yomonlashib borishi tufayli zaxiralardan to’g’ri foydalanishda;

    • hududiy rcjalashtirish va mintaqalami har tomonlama rivoj- lantirish dasturlarini ishlab chiqishga bo’lgan e’tiboming osh- ganligi;

    • shahar hududlarining qishloq xo’jaligi va o’rmonchilikda foydalaniladigan yerlarga ayovsiz bostirib kirishi.

    Keltirilgan omillar tufayli Rossiyada kadastr tuzishga bo’lgan harakat har qachongidan oshdi.
    Shu bois, u ycrda Yer kadastri tizimi ishlab chiqildi. Tizim uch bo'limdan iborat bo'lib, texnik, tashkiliy va maxsus masa- lalami o“z ichiga oladi.
    Texnik masalalarga, kadastr ma’lumot’arning standartini ishlab chiqish, geodezik tayanch tarmog’ini barpo etish, namunaviy
    xaritalar tayyorlash, kadastr xaritalar tuzishning andozalari va ulami yuritish, ko'chmas mulklarni va ular joylashgan yerlarmng kodlarini ishlab chiqish, ular orasidagi bog'liklikni ta’minlash kabi masalalar kiradi.
    Tashkiliy masalalarga esa ma’lumotlarni tashkil qilish stan­dard, ma’lumotlar va ularning oqib kelishi jarayonining stan- dartlari, kadastr tizimi ko'p pog'onali va ko'p bosqichli tarzda ishlab chiqish, boshqaruvni tashkil etish va uni tarqatib yuborish, boshqa tuzilmalar bilan aloqa qilish, muvofiqlashtirish ishlari va yordam usullarini ishlab chiqish kiradi.
    Maxsus masalalarga, kadastrdan foydalanuvchilarning imkon boricha ularning talablarini oldindan hisobga olib, chora-tadbirlar ko‘rish, kadastrni boshqaruvdagi muammolarni hal qilishga oldindan tayyorgarlik ko'rish, mablag' bilan ta’minlash masalasini hal etish, kadastrning huquqiy me’yorini isloh qilish, malakali mutaxassislami jalb qilish, siyosiy tashkilotlar tomonidan yordam bo‘lishini ta’minlash kiradi.
    Yer va boshqa barcha ko'chmas mulk kadastrlari xizmati yagona kadastr tizimini tashkil etishi kerak.
    Zero, yer uchastkalari, jamoa xo'jaliklari, davlat va shaxsiy xo'jaliklarning barcha turiga mansub yerlar, davlat zaxirasiga taalluqli yerlar, ko'chmas mulkning ham barcha turlari, bino va inshootlaming kadastr tasvirlovlari yagona davlat geodczik asosga nisbatan bajarilishi kerak.
    Kadastr tizimining zamonaviy texnologiyaga asoslangan holda avtomatlashtirilgan bo'lishi, barcha ishlar yuqori ilmiy va amaliy darajada kompyuterlarda bajarilishi kerak.
    Kadastr tasvirlovlarini chizishda aerofotogrammetriya, foto- grammetriya va ortofoto xaritalaridan, raqamli xaritalardan foyda- lanish maqsadga muvofiqdir.
    Nazorat uchun savollar

    1. Xorijiy mamlakatlarda kadastr tizimining tuzish ishlari qanday olib boriladi?

    2 Hozirgi к undo rivqjlangan matnlakatlaming kadastr xizmatida qanday ishlar bqjariladi?

    1. Fransiyada yer kudos tri qanday olib boriladi?

    4. Daniyada yer kadastri qanday tartibda a ma Iga oshirUadi?

      1. Kadastr xizniatini rivojlantirish muammolari va
        ulaming yechimi


    Tayanch iboralar:
    yer va ko'chmas mu Ik, yer uchastkalar, plan, xarita.
    Yer va ko‘chmas mulk hisobini zamon talablariga javob beradigan darajaga yetkazish uchun ko'pgina texnik, iqtisodiy va tashkiliy ishlami amalga oshirish kerak. Jismoniy shaxslar, davlat, yerva ko'chmas mulkka bo'lgan egalik huquqlarini, ularga kctkaz- gan sarf-xarajatlarini, bankdan olib ishlatiIgan mablag'lami ishon- chli ravishda muhofaza qilish uchun kadastr tizimini barpo etish maqsadga muvotiqdir. Shu bois, barcha rivojiangan mamlakatlarda kadastr tizimiga katta ahamiyat berilmoqda.
    Yer va boshqa ko'chmas mulk, ulaming baholarini, yerdan foydalanuvchilarni va shunga o'xshash mulkiy ma’lumotlar va axborotlaming hisobini, ulaming o'zgarishlarining hisobini olib borish bozor iqtisodiyoti faoliyatini, yer resurslaridan foydalanishni ishonchi boshqaruvni yaxshilashga olib keladi.
    Yuqorida keltirilgan asosiy talablarning bajarilishini ta'min- laydigan, u yoki bu turdagi kadastmi barcha rivojiangan mam- lakatlar qo'llashadi.
    Yer zaxiralariga barcha yerlar va ko'chmas mulk ishg'ol qilgan yerlar va boshqa yerdan foydalanuvchilarning yerlari kiradi.
    Lekin, ularning ichida ko'p tarqaigani - yer uchastkasi ma’lum darajada hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan yer, bino va inshootlar ishg'ol qilib turgan yer yoki ko'chmas mulk bilan band yerlar kiradi.
    Ko'chmas mulk bi г yoki bir necha yer uchastkalaridan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Undan tashqari, ko'pgina mamlakatlarda yer uchastkalarining bir qismida joylashgan bino yoki uning bir qismini ko'chmas mulk shaklida hisobdan o'tkazish mumkin. Agar o'sha ko'chmas mulk yerostida yoki uning ustida birinchi qa- vatdan boshqa qavatda joylashgan bo'Isa, u «satxiy ko'chmas mulk» deyiladi.
    Asos qilib olinadigan quyidagi eng munim masalalarni yechish mumkin:

    1. mulkiy huquqning kafolati va ko'chmas mulkka egalik qilishining ishonchli muhofazasi;

    2. yer va ko'chmas mulkni soliqqa tortish tizimiga yordam berish;

    3. bankdan qarz olish kafolatini ta’minlash:

    4. yer va ko'chmas mulk bozorini rivojianiirish va nazorat qilib turish;

    5. davlat yerlarini muhofaza qilish;

    6. yer to'g'risidagi bahslami kamaytirish;

    7. yer islohini osonlashtirish;

    8. shahardagi rcjalash ishlari va infraluzilmani rivojianiirish jarayonining samarasini oshirish;

    9. atrof-muhitdan foydalanishning maqbul usullarini hayotga tatbiq etishga yordam berish;

    10. miqdoriy ma’lumotlami yig'ish.

    Kadasir, asosan, bayon qism va plan, xarita, chizgi yoki chizmalardan iborat bo‘ladi.
    Ko‘pgina mamlakatlarda dalada bajariladigan o'lchov ishlarini xususiy geodeziya kompaniyalari va davlat korxonalari bajaradi. Xarita va planlaming aniqligi har xil mamlakatlarda har xil bo'ladi. O'lchash ishlari ba’zi mamlakatlarda katta aniqlikda bajarilsa, boshqasida aniqlik ancha past, chamasi, har bir holatda ham o'lchash ishlarining aniqligini nazariy va amaliy jihatdan asoslash kerak.
    Kadastr ishlarini kompyuter yordamida bajarish yaxshi samara bermoqda.
    Raqamli xaritalar tuzish ham eng samarali ma’lumotlar lo'pla- midir. Lekin bunday xarita tuzish ancha ko'p mablag' talab qiladi.
    Kadastrni eng zamonaviy usullarda tuzish, uni avtomat- lashtirish murakkab va juda ko'p mehnatni, eng muhimi katta mablag'ni talab qilishini unutmasalik kerak. Shunga qaramasdan, agar kadastr tizimi tashkiI qilinadigan bo'lsa, u zamonaviy talablatga javob beradigan qilib tuzilishi zarur. Buning uchun bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojianiirish kerakligini unutmaslik kerak.
    Kadastr tizimini bosqichma-bosqich bajargan ma’qul. Awalo, iste’molchilarga eng zarur bo'lgan ma’lumotlami yig'ish, qayta ishlash, saqlash va tarqatish masalalarini ycchish kerak. Ana shun- day dolzarb muammolardan biri — chegara masalasi.
    Uning nuqtalarini joyda aniqlash va belgilash muhim ishdir. Yer zaxiralaridan foydalanishda o‘ta aniq gcodezik ishlar bajaril- masa ham bo‘ladi.
    Uncha qimmat bo'lmagan tasvirlov va xarita tuzish usullaridan foydalanish kerak.
    Tasvirlov ishlariga xususiy gcodezik korxonalarning jalb qilishni asoslash zarur. Ko'pgina mamlakatlarda tasvirlov, xarita- lashtirish ishlari maxsus ruxsatnomalari bor xususiy korxonalarga beriladi. Halto, bir qator kadastr ma’lumotlaridan foydalanish ishlarini ham xususiy korxonalar bajaradi. Lekin kadastr tizimi Davlat idoralariga qaraydi.
    Yer resurslaridan foydalanishni boshqaruvning yangi tizimini amalda tatbiq qilish uchun quyidagi tartibga amal qilinsa, maqsadga muvofiq bo'ladi:

    1. iste’molchilarning talabalarini aniqlash;

    2. yangi idoraviy boshqaruvni tashkil etish;

    3. yangi qonunlarni ishlab chiqish;

    4. amaldagi yer huquqlari va mulkiy huquqlarni aniqlash;

    5. chegaralami belgilash va yangi yer uchastkalarining tasvirini chizish;

    6. yangi hisobiy usullarni yaratish, saqlash tartibi, yer ma’lu- motlarining izlash usullarini yaratish;

    7. moliyaviy boshqaruvning yangi tizimini tuzish;

    8. amaldagi kadastr tizimining faoliyati haqida keng jamoat- chilikni ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib turish.

    Nazorat uchun savollar

    1. Davlat yer kadastri xizmatini rivojlantirish muammolari nimalar?

    2. Davlat yer kadastri yechimlarini ayting.

    3. Kompyuterlar yordamida yer kadastr ishlar qanday tashkil qilinadi.

    Mustaqil o'rganish uchun savollar
    I. Davlat yer kadastri qaysi turdosh fanlar bi Ian bog'liq?
    Z Fransiyada birinchi kadastr •Hisob-kitobi* nechanchi yildan boshlab yozilgan?
    ': J. Amir Temuming* Tem ur tuzjiklari» kltobida yerga qanday soliq belgilangan ?

    1. Angliyada yer solig ‘i qachon joriy etilgan ?

    , 5 Amerika Qo ’shma Shtatiarida kadastr ishlari nechanchi yildan Joriy etilgan ?

    1. «Kadastr» so “lining ma’nosi nima?

    2. Kadasiri o'z mazmuniga qarab qanday furlarga bo'iinadi?

    & Asosiy kadastr qaysi vaqtda о ‘tkaziladi?

    1. Joriy kadastr nima sababdan о ‘tkaziladi? ,;

    2. O‘zbekistonda yer iuzish qaysi tamoyillar asosida amalga oshiriladi?

    H. Daviat yer kadastrini yuritish qanday amalga oshiriladi?

    1. Daviat yer kadastrintng yagona tizimi qanday tashkil qitinadi?

    2. Daviat kadastrlarini yuritish tartiblarini tushuntiring.

    3. O‘zbekistan Respubiikasi yer fondining qanclta qistnini qishloq xo'jalik yeriari tashki! qiladi?

    4. Xorijiy mamlakatlarda kadastr tizimini tuzish ishlari qanday olib boriladi?

    5. Hozirgi kunda rivojlangan mandakatiarning kadastr xi~matida qanday ishlar bajariladi?

    6. Fransiyada yer kadasiri qanday olib boriladi? -yf

    IS. Daniyada yer kadastri qanday tartibda amalga oshiriladi?

    1. Daviat yer kadastri xizynatini rivojlantirish tnuammolari ntmaiar? ■■ ’

    2. Daviat yer kadastri yechimlarini ay ting.

    3. Kompyuterlar yordamida yer kadastr ishlari qanday tashkil qilinadi?


    Download 0.9 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   71




    Download 0.9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov

    Download 0.9 Mb.