D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov




Download 0.9 Mb.
bet5/71
Sana17.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#52112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
Davlat kadastri asoslari
111, Abduqaxorova Nazira Erolboevna 02, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti, 1-LABORATORIYA, 1670354799, 1680159573
Kadastr o‘z mazmuniga qarab qanday turlarga bo'linadi?

  • Asosiy kadastr qaysi vaqtda o'tkaztladi?

    1. O‘zbekiston hududida kadastr xizmatini
      rivojlantirish va ulaming yechimi


    Tayanch iboralar:
    kadastr, geodeziya, kartografiya, kadastr xizmati, zaxira yerlar, obyektlar.
    O‘zbekiston hududida yer kadastrini yuritishda bir qator tamoyillarga amal qilish zarur. Davlat yer kadastrining bunday asosiy tamoyillariga quyidagilar kiradi: mamlakatning butun hududini to'la qamrab olish, fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qoMlash, yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyatining birligi yer kadastriga doir axborotlarning to'g'ri bo‘lishi, qonuniylik, uzluksizlik, ko'rgazmalilik, markazlashgan rahbarlik va boshqalar.
    Ma'lumki, yer kadastri ishlari mamlakatning barcha hudud- larida yagona uslubiyat asosida bajarilishi zarur. Bir davrda mamlakatning barcha hududlarini tola qamrab olgan holda o‘tka- zilgan yer kadastri ishlarining natijalari ham respublikamizning yer maydonlari to‘g‘risida aniq fikr-mulohazalar yuritish imkonini beradi.
    Davlat yer kadastri maqsadlari uchun foydalaniladigan plan- kartografik materiallarni tayyorlashda bugungi kunda fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo'llash maqsadga muvofiqdir. Negaki bunday plan-kartografik materiallar katta aniqlikka ega bo'ladi, ulardan foydalanish yer kadastrini yuqori aniqlikda o‘tkazish imkonini beradi.
    Davlat yer kadastrini yuritishda qonuniylik tamoyiliga alohida e’tibor beriladi. Bu tamoyilning bajarilishi, asosan, davlatimizni yer, undan foydalanish, yer kadastri va uni yuritish bo'yicha qabul qilgan qonunlari hamda boshqa qator me’yoriy hujjatlari bilan ta’minlanadi.
    Huquqiy demokratik jamiyatning asosiy tashkiliy tadbirlaridan biri hisoblangan yer kadastri mustahkam huquqiy bazaga ega bo'lishi zarur. Bularga O'zbekiston Respublikasining «Yer kodek- si*>, «Davlat yer kadastri to‘g'risida»gi qonuni, yer kadastrini yuritish to'g'risidagi hukumat qarorlari, yo'riqnomalar, yerlardan foydalanishning davlat nazoratini o'rnatish, yer tuzish va yerlarni muhofaza qilish bo'yicha boshqa me’yoriy hujjatlar kiradi.
    Davlat yer kadastrini yuritish uzluksiz holda amalga oshirilishi zarur. Jumladan, yer kadastri yerdan foydalanishda ro'y beradigan o'zgarishlarni doimiy ravishda hisobga olib yer fondi holatining aniq tavsifini bcrishi zarur. Bundan ko'rinadiki. yer kadastri ma’lumotlari ycrlarning tabiiy, xo'jalik va huquqiy holatiarida bo'ladigan joriy o'zgarishlarni tizimli tarzda aniqlab berilishi kerak. E’tirof etish zarurki, har bir qishloq xo'jalik korxonasidagi yer maydonlarda har yili juda ko'p sonli o'zgarishlar kuzatiladi. Ma’muriy tuman (shahar), viloyat va nihoyat mamlakat bo'yicha esa bunday o'zgarishlar juda kalta miqdorlarni tashkil etadi. Bu o'zgarishlarni doimiy ravishda aniqlab borish yagona yer fondidan foydalanishni maqsadga muvofiq boshqarish imkonini beradi. Shuning uchun ham yer kadastrini uzluksiz ravishda o'tkazish zarur bo'ladi.
    Yerdan foydalanishning huquqiy, tabiiy va xo'jalik holatlariga mos bo'ladigan faqatgina obyektiv ma’lumotlar mamlakat yer fondidan lo'g'ri foydalanish va boshqarish bo'yicha davlat vazifa- larini bajarish uchun muvaflaqiyatli qo'llanilishi mumkin. Shuning uchun ham yer kadastri hujjatlariga birlamchi yoki joriy o'zga­rishlarni kiritish ularni tasdiqlovchi hujjatlarga asoslaniladi.
    Axborotiar to'g'ri bo'lishi nuqtayi nazaridan yerdan foydala- nuvchilarning o'zlari ham yer kadastrini to'g'ri yuritishlari kalta ahamiyatga egadir. Shuning uchun har bir yerdan foydalanuvchi yer kadastrini yuritish bo'yicha o'zidagi zarur hujjatlarda yer tarkibida ro'y bergan barcha o'zgarishlarni aniq hisobga olgan holda tuman hokiiniyatiga yerdan foydalanishning haqiqiy holati to'g'risida hisobot taqdim etishi zarur.
    Xo’jaliklar, ma’muriy tumanlar kundalik ishlab chiqarish va boshqa faoliyatlarida yer kadastr ma’lumotlaridan to‘g*ri hamda keng foydalanish uchun ular mumkin qadar ko‘rgazmali bo'lishi zarur. Ya’ni, yer kadastri ma’lumotlari oddiy, tushunarli hamda turli plan-xarita materiallarida ham aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir.
    Davlat yer kadastrini mamlakat hududlarida to‘g‘ri yuritish hamda uiardan keng miqyosda foydalanish markazlashgan rahbarlik tamoyili asosida davlat hokimiyati organlari tomonidan nazorat qilish bilan ta’minlanadi. Yer kadastrining yaxlitligini ta’minlash bo‘yicha umumiy rahbarlik 0‘zbekiston Respublikasi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo'mitasi tomoni­dan amalga oshiriladi. Viloyatda yer kadastri ishlariga umumiy rahbarlik viloyat yer resurslari Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boshqarmasiga, tuman (shahar) da esa tuman (shahar) yer resurslari Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri xizmatiga yuklatilgan.
    Davlat yer kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi hamda u davlat kadastri yuritiladigan tabiiy, xo'jalik obyekti yoki boshqa obyekt muayyan to'rining geografik joylashuvi, huquqiy maqomi, miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risidagi yangilanib turiladigan ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat bo'ladi.
    Davlat kadastrlarining yagona tizimi 0‘zbekiston Respub­likasi va uning ayrim hududlari tabiiy-iqtisodiy salohiyatining yagona umumdavlat hisob-kitobi yuritilishi, baholanishini ta’- minlashga mo‘ljallangan ko’p maqsadli axborot tizimi tarzida yaratiladi.
    0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geo­deziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi davlat kadastrlarni yuritish sohasidagi maxsus vakolatli organi hisob­lanadi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri bosh boshqarmasi:

    • vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi faoiiyatini muvofiqlashtiradi;

    • davlat kadastrlari yagona tizimini yuritadi;

    • vazirliklar, davlat qo'mitalari va idoralarni tegishli davlat kadastriarini yuritish uchun zarurbo'lgan kartografiya materiallari bilan belgilangan tartibda ta’minlaydi;

    • davlat kadastrlari yuritilishiga doir me’yoriy hujjatlami bel- giiangan tartibda lasdiqlaydi;

    • mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tashkil qiladi.

    • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshiradi.

    • Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

    • kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlami davlat ro’yxatidan o‘tkazishnj tashkil etadi;

    • davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrining yuritish ishlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtiradi;

    • tegishli hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etadi;

    • qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga oshi­radi.

    Davlat kadastriarini yuritish Davlat kadastriarini yuritish tegish­li vazirliklari, davlat qo’mitalari, idoralari va mahalliy davlat hoki­miyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
    Davlat kadastriarini yuritishga quyidagilar kiradi:

    • kadastr obyektlariga bo'lgan mulk huquqi va boshqa huquq­lami davlat ro‘yxatidan o'tkazish;

    • kadastr obyektlarining miqdor va sifat tavsifini hisobga olish;

    • kadastr obyektlarini sifat va qiymat jihatidan baholash;

    • kadastrga doir axborotni tizimga solish, saqlash va yangilab borish;

    • kadastr obyektlarining holati haqida hisobotlar tuzish;

    • davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborot taqdim etish;

    • foydalanuvchilami qonun hujjatlanda belgilangan tartibda kadastrga doir axborot bilan ta’minlash.

    Kadastr obyektlarining mulkdorlari hamda kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari tegishli vazirliklar, davlat qo‘mi- talari, idoralar mahalliy davlat hokimiyati organlariga kadastr obyektlarining geografik joylashuvi, huquqiy miqdor, sifat tavsiflari va bahosi to‘g‘risida, shuningdek, ularning holatidagi joriy o‘zga- rishlar haqida axborot taqdim etishlari shart.
    Davlat kadastrlarini yuritish lartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
    Davlat kadastrlarini yuritilishini moliyalashtirish davlat budjeti tomonidan amalga oshiriladi.
    Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo'lgan huquqlari davlat tomonidan e’tirof etilishi va tasdiqlani- shining yuridik hujjati hisoblanadi.
    Kadastr obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro*yxatidan o'tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotlarni davlat reyestr- lariga kiritish yo'li bilan amalga oshiriladi.
    Kadastr obyektlariga bo'lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.
    Kadastr obyektlarini hisobga olish vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli bo‘lin- malari tomonidan kadastr obyektlarining chegaralari doirasida, shuningdek, aholi punktlari, tumanlari, mintaqalar, tabiiy va iqtisodiy tegralar hamda O‘zbekiston Respublikasi bo’yicha ular­ning holati undagi va undan foydalanilishiga ko'ra olib boriladi.
    Kadastr obyektlarini sifat jihatidan baholash tabiiy va jismoniy tavsiflari asosida amalga oshiriladi.
    Kadastr obyektlarini qiymatjihatdan baholash ularning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Respublikamiz yer fondi yer kadastri bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki aynan yer kadastri mamlakatimiz hamma yer maydon- larida yagona uslubiyat asosida o'tkaziladi.
    O'zbekiston Respublikasi da yer — davlat mulki, umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur. Yer davlat tomonidan
    muhofaza qilinadi. Davlat yeming asosiy egasi sifatida yer fondiga egalik qilish va undan to'g'ri foydalanishni ham tashkil etishi zarur. Shunday tashkiliy tadbirlardan bin davlat yer kadastri hisoblanadi.
    Demak, mamlakatning yagona yer fondi — yer kadastrining obyekti hisoblanadi. Yer fondi undan foydalanishning asosiy maqsadiga qarab quyidagi toifalarga bo'linadi:

    1. qishloq xo‘jaligi yerlari — qishloq xo'jaligi ehtiyojlari uchun yoki shu maqsadlarga mo'ljallangan yerlar;

    2. aholi punktlarining yerlari (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari yerlari), shahar, posyolka va qishloq aholi punktlari chegaralari doiralaridagi yerlar;

    3. sanoat, transport, aloqa, mudofaa maqsadlarida foydalanish uchun mo'ljallangan yerlar;

    4. tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish rekreatsiya maq­sadlarida foydalanish uchun mo'ljallangan yerlar;

    5. tarixiy-madaniy maqsadlarda foydalanish uchun mo'ljal- langan yerlar;

    6. o'rmon fondi yerlari;

    7. suv fondi yerlari;

    8. zaxira yerlar.

    Qishloq xo'jalik ehtiyojlari uchun ajratib berilgan yerlar shu sohaga mo'ljallangan yerlar deb hisoblanadi. Bu yerlar qishloq xo'jaligi maqsadlarida faoliyat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan ekinzorlar, daraxtzorlar, ichki xo'jalik yo'llari, kommunikatsiyalar, o'rmonlar, berk suv havzalari, binolar va inshootlar, aholi yashash joylari bilan band bo'lgan yerlarga ajratiladi.
    Haydaladigan yerlar, ko'p yillik darxtzorlar (bog'zor, tokzor va tutzorlar), yaylovlar, pichanzorlar va bo'z yerlar qishloq xo'jaligi yerlari jumlasiga kiradi. Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar doimiyyoki vaqtinchalik foydalanish maqsadlarida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish kooperativlari (shirkatlar)ga, boshqa qishloq xo'jalik korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga, fermer xo'jaliklarini tashkil etish va yuritish, dehqon xo'jaligini, xususiy bog'dor- chilik, jamoa bog'dorchiligi va uzumchiligi’ uchun respublika fuqarolariga, yordamchi qishloq xo'jaligini yuritish uchun qishloq xo'jaligi bilan shug'ullantnaydigan korxonalar; muassasalar va tashkilotlarga beriladi.
    Qishloq xo'jaligi yerlarini irrigatsiyalash va suvdan foydalanish tizimiga asoslangan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil elishning asosi va yerlardan foydalanish jarayonida tuproq unum- dorligini oshirishning shartidir. Qishloq xo'jaligida foydalaniladigan va sug'orishni ta’minlay oladigan sug'orish manbasi bilan bog'langan doimiy yoki muvaqqat sug'orish tarmog'iga ega bo'lgan yerlar sug'oriladigan yerlar jumlasiga kiradi. Sug'oriladigan yerlar davlal organlari tomonidan maxsus muhofaza qilinadi, ularni sug'orilmaydigan yerlar sarasiga o'tkazish alohida hollarda, tuproq- meliorativ va iqtisodiy sharoitlarni hamda yerlarning suv bilan ta’minlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va ularga belgilangan me’yorlashni e’liborga olib viloyai hokimliklari tomo- nidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishil- gan holda amalga oshiriladi.
    Shahar va posyolka doirasidagi barcha yerlar shahar va posyolkalar yerlariga kiradi. Shahar va posyolkalar yerlari tarkibiga shahar qurilishi yerlari, umumiy foydalanishdagi yerlar, qishloq xo'jaligida foydalaniladigan yerlar, daraxtzorlar egallagan yerlar, sanoat, transporti, aloqa, tnudofaa yerlari va boshqa maqsadlarga mo'ljallangan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sog'lomlashtirish. rekreatsion va tarixiy-madaniy maqsadlarga mo'ljallangan yerlar, suv fondi yerlari va zaxira yerlar kiradi.
    Qishloq aholi punktlarining yerlariga belgilab qo'yilgan chega- ralari doirasidagi hamma yerlar kiradi. Qishloq va ovul, o'zini- o'zi boshqarish organlari tasarrufidagi qishloq aholi punktlari­ning qishloq xo'jaligi hamda o'rmon xo'jaligi korxonalari muassa- salari va tashkilotlari foydalanadigan yerlar kiradi.
    Sanoat yerlari jumlasiga sanoat korxonalariga, jumladan, undirma .sanoat va energctika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurilishiga doimiy foydalanish uchun berib qo'yilgan yerlar kiradi. Transport yerlari jumlasiga temiryo'l, ichki suv transport! korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga transport inshootlari, qurilmalari va boshqa obyekl- larni ishlatish, saqlab turish, qurish, qayta qurish, la’mirlash. takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular zimmasiga yuk- latilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berib qo'yilgan yerlar kiradi. Aloqa yerlariga aloqa tizimi obyekt- larini hamda ularga tegishli inshootlami joylashtirish, aloqa, ra- dioeshittirish, televideniye va axborot korxonalari muassasalart va tashkilotlariga doimiy foydalanish uchun berib qo‘yilgan yerlar kiradi. Qurolli kuchlar, chegara, ichki va temiryo‘1 qo'shinlarining harbiy qismlari, harbiy o'quv yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashishi hamda doimiy faoliyati uchun berib qo'yilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun mo'ljallangan yerlar deb e’tirof etiladi. Boshqa maqsadlar uchun mo'ljallangan yerlar jumlasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanadigan, qishloq xo'jaligi yerlari aholi punktlari, sanoat lumsporii, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sog'lorn lash tirish, rekriatsion va tarixiy-madaniy maqsadlarga mo'ljallangan yerlar tarkibiga, shuningdek, o'rmon va suv fondlari tarkibiga kirmagan yerlar kiradi.
    Suv xo'jaligi ehtiyojlari uchun korxonalar, muassasalar va tash- kilotlarga belgilangan tartibda berib qo'yilgan suv havzalari (daryolar, ko'llar, suv omborlari va h.k. gidrotexnika va boshqa suv xo'jaligi inshootlari egallab turgan yerlar, shuningdek suv havzalarining qirg'oqlari va boshqa suv obyektlari bo'ylab ajratib qo'yilgan zonadagi yerlar suv fondi yerlari jumlasiga kiradi.
    Tabiatni muhofaza qilishga mo'ljallangan yerlar tarkibiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlaiga maxsus maqsadlar uchun berilgan davlat qo'riqxonalari, milliy va dendrologiya bog'lari, botanika bog'lari, buyurtma bog'lar (ovchilikka mo'ljallangan yerlar bundan mustasno), tabiat yodgorligi yerlari kiradi.
    Kasallikning oldini olish va davolashni tashkil etish uchun qulay, tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo'lgan, tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun belgilangan tartibda berib qo'yilgan yer uchastkalari sog'lomlashtirish ishlari uchun mo'ljallangan yerlar jumlasiga kiradi.
    Aholining ommaviy dam olishi va sayyohlik tashkil etish uchun tegishli muassasalar va tashkilotlarga berilgan yerlar — rekreatsiya uchun mo'ljallangan yerlardir. Tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun berib qo'yilgan tarixiy- madaniy qo'riqxonalar, me’morial bog'lar, maqbaralar, arxeologiya yodgorliklari, tarixiy va madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar qatoriga kiradi.
    0‘rmon xo'jaligi ehtiyojlari uchun berib qo'yilgan yerlar o'rmon fondi yerlari deb e’tirof ctiladi.
    O'rmonzorlar barpo etish, jarliklarning kengayishini to'xtatish, ^shaharlar va sanoat markazlari levaragidagi ihota o'rmonzorlari va ko'kalamzor maydonlar barpo etish uchun boshqa niaqsadlarga mo'ljallangan yerlar o'rmon fondi yerlari tarkibiga belgilangan tartibda o'tkazihshi mumkin. Fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga foydalanish uchun berilmagan barcha yerlar zaxira yerlardir.
    Bunday yerlar jumlasiga doimiy cgalik qilish va doimiy foy­dalanish huquqi tugatilgan yerlar ham kiradi. Zaxira yerlar, tuman va shaharlarning davlat hokimiyati organlari taassarrufida bo'ladi va qishloq xo'jaligi maqsadlari uchun egalik qilish, foydalanishga va ijaraga berishga ino'ljallanadi.
    Tuman hokimi mahalliy ahamiyatga molik zaxira yerlaming ayrim uchastkalarini o'z qarori bilan posyolka, qishloq va ovul- larning o'zini-o'zi boshqarish organlari tasarrufiga berishi mumkin.
    l-jadvalda 0‘zbekiston Respublikasi yagona davlat yer fon- dining yer toifalari bo'yicha taqsimlanishi keltirilgan.

    Download 0.9 Mb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




    Download 0.9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    D. S. Yarmatova, A. R. Bobojonov, A. R. Raximov

    Download 0.9 Mb.