• O`quv uslubiy elektron mahsulotlarning sifatini baholash mezonlari.
  • O`quv uslubiy elektron mahsulotlarga qo`yiladigan asosiy talablar




    Download 494.67 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet9/12
    Sana04.02.2022
    Hajmi494.67 Kb.
    #17067
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    Amaliy dasturlar yordamida 3D kitob yaratish uslubiy ko`rsatma
    Документ Microsoft Office Word, Buxoro shahrida joylashgan Ulug, 1-mavzu botanika bio, 14-MAVZU BIO, 7-mavzu bio, 9-Konspekt Algebra 1-chorak
    O`quv uslubiy elektron mahsulotlarga qo`yiladigan asosiy talablar. 
    Elektron o`quv mahsulotlar bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, 
    dastlabki 
    bilimlarini 
    rivojlantirishga 
    va 
    chuqurlashtirishga, 
    qo`shimcha 
    ma’lumotlar bilan ta`minlashga mo`ljallangan bo`lib, ko`proq chuqurlashtirib 
    o`qitiladigan fanlar bo`yicha yaratiladi. O`quv uslubiy elektron mahsulotlarga 


    asosiy, jumladan: ilmiylik; pedagogik; didaktik; metodik; psixologik; ergonomik; 
    estetik; texnik va texnologik talablar qo`yiladi. 
    O`quv uslubiy elektron mahsulotlarning sifatini baholash mezonlari. 
    1. Texnik mezonlar: 
    • avtomatik holda yuklanishi (avtozagruzka); 
    • boshqarish, ma’lumot kirgizish, ma’lumot olish va chiqish; 
    • EHMning namunaviy ishlash (parametrlarni kirg`izilgan holda) imkoniyati; 
    • EHMning kerakli kadrlarini qayta yuklash imkoniyati; 
    • kiritilgan ma’lumotlarni qaytarish imkoniyati; 
    • ekranda berilgan va qayta ishlangan ma’lumotlarni chop etish imkoniyati. 
    2. Servis mezonlar: 
    • iyerarxik menyu mavjudligi (ma’lumotni qulay topish); 
    • interaktiv dialogning mavjudligi; 
    • yordam va sharkllarning mavjudligi; 
    tasvirning aniqligi
    • dizayn; 
    • grafik va harflarning shriftlari bir-biri bilan uyg`unlashganligi. 
    3. Pedagogik va psixologik mezonlar: 
    • ilmiy va pedagogik bilimlarning EHM aks ettirilganligi; 
    • dasturiy vositalardan foydalanishda pedagogik maqsadlarni tanlash 
    asoslanganligi; 
    • zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanuvchi yangi boshqaruv 
    sharkl va o`qitish usullari mavjudligi; 
    • ta’limga muhimligi (didaktik talablarga javob berishi); 
    • o`quv materialini ifodalanish shakli va uning mazmuni orasidagi optimal 
    bog`liqligi (grafik, jadval, matn, chizma, sxema va hokazo); 
    • EHM ishlatilganda bexos tugmalarni bosishda, ma’lumotlarning o`zgarmasligi 
    va stabil ishlashi; 
    • fikrlashni shakllantirish; 


    • bilim, ko`nikma, mahoratlarni mustaqil egallashni shakllantirish; 
    • eksperimental va izlanish faoliyatini o`quv jarayonida egallash. 
    4. Interaktivlik mezoni: 
    • dialogni olib borishda har xil vositalarning mavjudligi; 
    • o`quv materialini o`zlashtirishda osondan qiyinga o‘tish bosqichlari; 
    • o`quv materialida istalgan bobidan foydalanish imkoniyati; 
    • javoblarni kiritish va olish variantlari
    • xatolarni tahlil qilish imkoniyati va to`g`rilash. 
    O`quv jarayoni uchun mo`ljallangan dasturiy vositalarning psixologik-pedagogik, 
    dasturiy texnik sifatini va ulardan o`qitish jarayonida foydalanish baholash 
    mezonlari orqali amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. O`quv uslubiy elektron 
    mahsulotlarni ekspertizasi belgilangan tartibda maxsus ekspertlar tomonidan 
    o`tkazilishi kerak. Maxsus ekspert guruhi tarkibiga ta’lim muassasalaridan yuqori 
    malakali pedagoglar, dastur tuzuvchilar, psixolog, dizayner va yetakchi 
    mutaxassislar kiritilishi lozim. 
    Hozirgi kunda MS Word, MS Excel, MS PowerPoint dasturlari fan 
    o`qituvchilarining kundalik qurollariga aylanib ulgurdi. Ta’lim sohasiga kirib 
    kelgan yangiliklardan yana biri bu — MS Power Point dasturida iSpring 
    ilovalarining paydo bo`lishidir. Ushbu ilovalar MS Power Point dasturidagi 
    animatsiyalar yaratishga, interfaol testlar tuzishga imkon beradi.
    Elektron axborot ta‘lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan 
    dasturiy ta‘minotlardan biri iSpring Suite dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni 
    o`tkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft Power Point 
    dasturiy ta‘minotidan foydalaniladi. Ammo bunday taqdimotlar faqat mazkur 
    mahsulot formatidagina bo`lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi vaqtda internet 
    texnologiyalarining rivojlanishi va o`z navbatida, masofali ta‘lim turining paydo 
    bo`lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o`zida onlayn ravishda 
    to`g`ridan-to`g`ri ko`rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi 
    asosida yaratilgan fayl bo`lishi kerak. Hozirga kelib, Power Point dasturida 
    tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini beruvchi 


    dasturlar yaratilgan. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring 
    PRO va iSpring Presenter kabi variantlarga ega. Mustaqil ekspertlarning fikriga 
    ko`ra, bugungi kunda mazkur mahsulot tezligi, bir formatdan boshqa formatga 
    konvertatsiyalash sifati va opiratsiyalar soniga ko`ra eng yaxshilaridan biri 
    hisoblanadi. iSpring nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga, balki ta‘lim 
    jarayonida qo`llanilishi mumkin bo`lgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga 
    turli shakldagi so`rovlar, elektron testlarni ham kiritgan holda o`zaro interaktiv 
    bog`lanish imkoniyatini ham beradi.
    iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud: 

    taqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash 
    imkoniyati; 

    taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) 
    kiritish imkoniyati;

    taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko`ra olish, 
    taqdimotga «himoya belgi»si qo`yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan 
    domenlardagina «aylantirilishi»;

    video qo`shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;

    elektron test (nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki 
    masofaviy o`qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan 
    interaktiv matnlar yaratish
    uchun
    vosita
    o`rnatilgan (Quiz 
    tugmachasi);

    masofaviy o`qitish tizimida foydalanish uchun SCORM G‘AICC — mos 
    keluvchi kurslarini yaratish;

    taqdimot
    dastur
    darajasida aylantirish uchun
    ActionScript 
    API;

    videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;

    YouTubega joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.


    iSpring dasturining interfeysi 
    EAT resurslari ichida kiruvchi ma‘lumotnomalar va lug`atlarni yaratish uchun
    iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin. iSpring Kineticsning quyidagi asosiy 
    imkoniyatlari mavjud:

    biror-bir fan bo`yicha elektron ko`rinishdagi qulay bo`lgan glossariy, 
    ma‘lumotnoma yoki lug`at yaratish;

    vaqt shkalasini yaratish;

    3 o`lchovli kitob yaratish; 



    FAQ yaratish mumkin.
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    iSpring Kinetics dastur imkoniyatlari 
     
     
     
     
     
     
     

    Download 494.67 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 494.67 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`quv uslubiy elektron mahsulotlarga qo`yiladigan asosiy talablar

    Download 494.67 Kb.
    Pdf ko'rish