|
yo'nalishlarini belgilash bo‘yicha amaliy tavsiyalami ishlab chiqishBog'liq D. V. Rasulova. Biznesni tadqiq etish usullari. 2019yo'nalishlarini belgilash bo‘yicha amaliy tavsiyalami ishlab chiqish
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimiz uchun bozor iqtisodi-
yoti subyektlarining tadbirkorlik faoliyati masalalari yangilik emas.
Respublikamiz uchun yangilik iqtisodiyotni bozor qonunlari va
talablan asosida shakllantirib, ishlab chiqarishni erkin raqobat muhitida
olib borishdir. Tadbirkorlik iqtisodiyot subyektlarining mavjud
iqtisodiy, tabiiy, mehnat va intellektual salohiyatlarini oqilona sarflab,
samaraliroq natijalarga erishishi bilan tavsiflanadi. Shuningdek, u
bozor munosabatlari rivojlanishi oxir-oqibatida iqtisodiyotni harakat-
lantiruvchi kuchga aylanadi.
Har qanday mamlakat iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik korxonalari muhim rol o ‘ynaydi. Bizning mamlakat ham
undan istisno emas, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini
rivojlantirish bugungi kunda mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilgan. Bu respublikamizda amaldagi m e’yoriy huquqiy asoslami
mustahkamlash va ushbu sohada islohotlami jadallashtirish, zamonaviy
talablariga javob beradigan iqtisodiy — huquqiy asoslami mustahkam
lash iqtisodiyotning ushbu sektori uchun kreditlar va imtiyozlar
barqaror tizimini shakllantirish bo‘yicha qabul qilingan choralami
yaqqol namoyish etadi. Kichik biznes korxonalari faoliyatida
marketing faoliyatini qo‘llashning eng muhim tomoni, korxonaning
iste’molchilar bilan to‘g ‘ridan to‘g ‘ri muloqotda b o iish zaruriyati va
imkoniyatidir. Shuning uchun ham kichik biznes faoliyatida marketing
funksiyasi bozomi tashkil etishdan boshlab, sotuv oldi va sotuvdan
keyingi xizmatlami tashkil etishgacha o ‘ziga xos xususiyatga ega
4
|
| |