|
D. X. Suyunov
|
bet | 142/151 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 2,86 Mb. | | #248346 |
Bog'liq boburElektron pullar - elektron pullar emitentining elektron shaklda saqlanadigan hamda elektron pullar tizimida to'lov vositasi sifatida qabul qilinadigan shartsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlari.
Elektron savdo platformasi – xaridorlarga mahsulotlarni (ish, xizmatlar) masofadan turib xarid qilish imkoniyatini beruvchi hamda tovarlarni taqqoslash va tanlash infratuzilmasi, to'lov hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) olish usulini tanlash infratuzilmasi, har ikki tomonning
sifat nazorati va qayta aloqa infratuzilmasini ifoda etuvchi Butunjahon Internet axborot tarmog'idagi axborot tizimi.
Elektron savdo maydonchasi – chakana yoki ulgurchi sotuvchilarning (etkazib beruvchilar, ijrochilar) chakana hamda korporativ xaridorlar bilan o'zaro hamkorlik infratuzilmasini, shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va sotuvchi to'g'risidagi axborotni joylashtirish infratuzilmasini ifoda etuvchi, shuningdek, tanlovlar yoki kimoshdi savdolarini tashkil qilish hamda o'tkazish imkonini beradigan butunjahon Internet axborot tarmog'idagi axborot tizimi. Elektron savdo maydonchasi tovarlarni taqqoslash va tanlash infratuzilmasi, tovarlarga (ishlar, xizmatlar) haq to'lash va ularni sotish usulini tanlash infratuzilmasi, har ikki tomonning sifat nazorati va qayta aloqa infratuzilmasini ham o'z ichiga olishi mumkin.
Elektron to’lovlar tizimi operatori – elektron bitim tomonlariga va elektron tijoratning boshqa ishtirokchilariga elektron to'lovlarni amalga oshirish xizmatlarini ko'rsatuvchi hamda unda xizmat ko'rsatish qoidalarini belgilovchi va elektron to'lovlar tizimining to'g'ri ishlashi uchun mas'ul bo'lgan yuridik shaxs.
Elеktrоn to’lоv hujjаti (kеyingi o'rinlаrdа - ETH) - to'lоv tizimining qоidаlаri bilаn bеlgilаngаn tаrkib vа fоrmаtdаgi rеkvizitlаrigа egа bo'lgаn hаmdа elеktrоn to'lоvni аmаlgа оshirish uchun zаrur аxbоrоtni o'z ichigа оlgаn elеktrоn hujjаtdir. ETH to'lоvgа dоir qоg'оz hujjаt аsоsidа yoki elеktrоn to'lоv vоsitаsidаn fоydаlаngаn hоldа tuzilаdi vа elеktrоn rаqаmli imzо bilаn tаsdiqlаnаdi. ETH bilаn ishlаshdа uni elеktrоn to'lоvni аmаlgа оshirish uchun zаrur rеkvizitlаrni sаqlаgаn hоldа qоg'оzdа tаkrоrlаsh imkоniyati tа'minlаnishi kеrаk.
|
| |