D.X.SUYUNOV, A.T.KENJABAYEV
A.O. RO'ZIYEV
ELEKTRON TIJORAT
Darslik
BIZNES VA TADBIRKORLIK OLIY MAKTABI
D.X.SUYUNOV, A.T.KENJABAYEV, A.O.RO’ZIYEV
ELEKTRON TIJORAT
Darslik
Toshkent-2023
Suyunov Dilmurod Xolmuradovich, Kenjabayev Aman Turgunovich, Ro’ziyev Abdumalik Ortig’aliyevich. Elektron tijorat. Darslik. -T.: 2023. –298 b.
Taqrizchilar:
T.U.Boboqulov - Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, “Strategik va moliyaviy menejment” kafedrasi mudiri, professor, i.f.d.
T.S. Qo'chqorov - Toshkent iqtisodiyot universiteti, “Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalar” kafedrasi, i.f.d., prof.
“Elektron tijorat” darsligi oliy ta'limning iqtisodiy yo'nalishdagi mutaxassisliklari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, “Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari”, “Raqamli iqtisodiyot”, “Korxonani boshqarish axborot tizimlari” va shu kabi turdosh fanlarni o'rganishda ham foydalanilishi mumkin. Darslikda elektron tijoratni amalga oshirish asosiy elementlari, tamoyillari va texnologiyalarining transformatsiyasi to'g'risidagi bilimlarni yoritishga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, tarmoq iqtisodiyoti, raqamli iqtisodiyotda elektron tijoratning tutgan o'rni, elektron tijoratning rivojlanishiga ta'sir etuvchi asosiy omillar, O'zbekistonda elektron tijoratni tartibga solish huquqiy bazasi, kraudsorsing va kraudfanding platformalari, marketing faoliyatini elektron tijoratga transformatsiyasi va elektron tijoratda dropshipping faoliyatining ahamiyati keng yoritilgan.
Ушбу darslik magistraturaning 70411302-“Biznesni boshqarish (Master of Business Administration – MBA)”, 70411202-“Loyiha boshqaruvi (Project Management)”, 70411301- “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (Biznes innovatsiyalar va tadbirkorlik)”, 70410901-“Kapital bozori va birja ishi” mutaxassisliklari, turdosh mutaxassisliklar, qayta tayorlash va malaka oshirish tinglovchilari uchun mo'ljallangan, shuningdek, mazkur darslikdan elektron biznes va tijorat sohasida tadqiqot olib borayotgan ilmiy xodimlar ham o'z faoliyatlarida foydalanishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-sonli buyrug`iga asosan № 388-119 raqam bilan darslik sifatida ro`yxatga olingan.
|